"So'g'diyona" "Bunyodkor" yoshlarini mag'lub etdi. Serbiyalik futbolchi dublga erishdi
19 jan 2020 10:24
Yangiliklar


"So'g'diyona" "Bunyodkor" yoshlarini mag'lub etdi. Serbiyalik futbolchi dublga erishdi
Kecha Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Toshkentda "Bunyodkor" yoshlari bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi.
Serbiyalik legioner Marko Kolakovich dublga erishgan bo'lsa yana bir golga Elyor Orifov mualliflik qildi - 3:0.
"So'g'diyona" safida serbiyalik Nikola Kovachovich va braziliyalik Elivento Ribeyro kabi legionerlar ham o'ynashdi.
Nazorat uchrashuvi
"Bunyodkor" U-21 - "So'g'diyona" - 0:3
Gollar: Marko Kolakovich 18, 35, Elyor Orifov 72.
"So'g'diyona": Milan Mitrovich, SHavkat Mulajonov, Iskandar SHoyqulov, SHahboz Jo'rabekov, Oybek Nurmatov, SHohruz Norxonov, Sahob Rashidov, Ivan Nagaev, Nikola Kovachovich, Marko Kolakovich.
Zaxiradan tushganlar: SHirinboy Abdullaev, Sardor Qulmatov,Elyor Orifov, Dian Talxatov, Jasur Hasanov, Sanat SHixov, Sanjar Rashidov, Jamshid Boltaboev, Bahodir Nasimov, Elivento Ribeyro.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar