"Sochi"ning ikki futbolchisi totalizatorda qatnashgani uchun diskvalifikaciya qilindi
19 noy 2020 22:33
Yangiliklar


"Sochi"ning ikki futbolchisi totalizatorda qatnashgani uchun diskvalifikaciya qilindi
Rossiya FI "Sochi" yarim himoyachisi Nikita Koldunov hamda klubning yoshlar jamoasi sobiq futbolchisi Pavel Korkinni yarim yilga futboldan chetlatdi.
Ular futbol o'yinlariga pul tikkanlikda ayblanmoqda. Ular bir necha marta futbol o'yinlariga, shu jumladan, "Sochi" ishtirokidagi bahslarga ham totalizatorga pul tikkanligini tan olishgan. Biroq ular bu borada hech qanday kelishilgan o'yinlarda qatnashmaganligini aytishgan.
Oldinroq yozilgan manbaga ko'ra, bir necha futbolchilar Rossiya Premer-ligasi doirasida "Ufa" - "Lokomotiv", "Sochi" – "Rubin" va "Lokomotiv" – "Zenit" o'yinlariga katta summa tikishgani borasida malumot bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar