"Sochi"ning ikki futbolchisi totalizatorda qatnashgani uchun diskvalifikaciya qilindi

Mirjalol Normatov
19 noya 2020, 22:33
Rossiya FI "Sochi" yarim himoyachisi Nikita Koldunov hamda klubning yoshlar jamoasi sobiq futbolchisi Pavel Korkinni yarim yilga futboldan chetlatdi.

Ular futbol o'yinlariga pul tikkanlikda ayblanmoqda. Ular bir necha marta futbol o'yinlariga, shu jumladan, "Sochi" ishtirokidagi bahslarga ham totalizatorga pul tikkanligini tan olishgan. Biroq ular bu borada hech qanday kelishilgan o'yinlarda qatnashmaganligini aytishgan.

Oldinroq yozilgan manbaga ko'ra, bir necha futbolchilar Rossiya Premer-ligasi doirasida "Ufa" - "Lokomotiv", "Sochi" – "Rubin" va "Lokomotiv" – "Zenit" o'yinlariga katta summa tikishgani borasida ma'lumot bergandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal