So’nggi yangiliklar

23:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал" (матнли трансляция)  12 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  8 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  12 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  2 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  19 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  17 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  11 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  6 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2

Sobir Hamidov "So'g'diyona"ga o'tadi Yangiliklar

Sobir Hamidov "So'g'diyona"ga o'tadi

"Navbahor" yarim himoyachisi Sobir Hamidov ikkinchi davradan etiboran Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi sharafini himoya qiladigan bo'ldi.
Futbolchimiz ushbu mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani bois shu qarorga kelindi. Hamidov birinchi davrada 9 o'yinda ishtirok etgan. Lekin birorta uchrashuvda to'liq harakat qilmagan. Sobir "Metallurg"ga qarshi (5-tur) bellashuvdagina asosiy tarkibda maydonga tushgandi. Qolgan uchrashuvlarda esa u asosan zaxiradan o'yinga qo'yilgan. Hamidovning o'rnida Alisher Mahsudov va Mansur Saidovlar to'p surishadi.

Muxlislarimizni shuningdek tarkibga yangi darvozabon jalb etilishi qiziqtirayotganligi turgan gap. Jamoa bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov ushbu masalaga to'xtalib o'tib, mavsumning ushbu qismida mahoratli darvozabon topish mushkul ekanligini aytib o'tdi. "So'g'diyona" darvozaboni Aleksandr Melenchukni bosh murabbiy qo'l ostida ko'rishga qarshi emasdi. Ammo, bu yil Oliy ligada saqlanib qolishni o'z oldiga maqasad qilib qo'ygan jizzaxliklar darvozabonlarini qo'yib yuborishni istashmadi. Bundan tashqari Ashurmatov qiziqish doirasida Andrey Melnichuk turgandi, lekin Samarqandning "Dinamo" klubi ham asosiy futbolchisi bilan xayrlashishni xohlamadi.

"Lochinlar" tarkibiga yarim mavsum uchun chet eldan darvozabonni jalb etishga tavakkal qilinmadi. Zero, legioner o'yinchini nimalarga qodirligini oldindan ko'ra bilmay turib, tarkibga qo'shib olish noto'g'ri bo'ladi. Qolaversa "Navbahor" darvozabonlari Xurshid Xo'jaev va Doniyor Usmonovlardan mavsumning ikkinchi yarmida Ashurmatov ishonchli o'yin ko'rsatishlaridan umidvor. Agarda muxlislarimiz Baxtiyor Azamovichni mehnatidan qoniqib, uni qo'llab-quvvatlashsa, mutaxassis kelasi yilda ham jamoamizda faoliyat olib bormoqchi. Boisi, har bir nutqida murabbiy asosiy maqsadi - muxlislar ishonchini qozonish ekanligini aytib keladi. Jamoa mavsumni ijobiy natija bilan yakunlasa, kelasi mavsumdan sovrinli o'rinlar uchun kurashishini Ashurmatov etirof etdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика