Sobir Hamidov: “Mavsum startigacha yaxshi sport formamizga kirib olamiz”
24 jan 2017 14:52
Yangiliklar
Sobir Hamidov: “Mavsum startigacha yaxshi sport formamizga kirib olamiz”
Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoasi kuni kecha Jizzaxning “So'g'diyona” klubiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Ushbu bahsdan so'ng “Qo'qon-1912” klubi futbolchisi Sobir Hamidov tayyorgarlik to'g'risida fikr bildirdi.
“Kecha Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdik. Ushbu bahs o'rtoqlik maqomi ostida o'tgan bo'lsada, keskin kurashlarga boy bo'ldi. Yuklama bilan o'ynaganimiz bilindi. 3 yanvar sanasidan boshlab Toshkentda yig'in o'tkazgan bo'lsak, 20 kun ichida bor etiborimizni jismoniy holatimizga qaratdik. SHu kungacha “Paxtakor”, “Navbahor”, “Metallurg” va “So'g'diyona” jamoalariga qarshi nazorat bahslarini o'tkazdik. Mavsumgacha yaxshi sport formamizga kirib olamiz”, - deydi “Qo'qon-1912” jamoasi futbolchisi Sobir Hamidov.
O’xshash yangiliklar
21:51
O'zPFL 2024 yildagi shubhali o'yinlarni tekshirishni so'rab O'FA etika qo'mitasiga xat yuborgan 8
Fikrlar