Sobiq agent Levandovski haqida: "U Real"ga o'tishni xohlagandi"

Alisher
15 iyun 2020, 15:20
Oldin "Bavariya" forvardi Robert Levandovskiga xizmat qilgan agent Cezari Kuxarski mijozining "Real"ga o'tishini xohlaganini aytdi.

"Muzokaralarning qaysidir paytida u "Bavariya" bilan shartnoma imzolashni ortiq xohlamayotgandi. Buning o'rniga "Real"ga o'tishni xohlardi, chunki u yerda Ronaldu o'ynardi.

Men uni katta klubdagi asosiy hujumchi bo'lishi kerakligiga ishontirdim. U "Real"da qachondir Benzemaning o'rnini egallardi, ammo men uning boshqa jamoaga ikkinchi raqamli bo'lib o'tishini xohlamadim.

Men "Real", "Arsenal" yoki "Man Siti" bilan bo'lgan muzokaralarda buni ta'kidladim.

Levandovski faoliyatini "Bavariya"da yakunlaydi, men unga shunday maslahat berdim. U "Bavariya"ga e'tiborini qaratib, rekordlarni o'rnatida davom etishi mumkin", - deydi agent.

Eslatib o'tamiz, Levandovski "Bavariya"ga 2014 yilda Dortmundning "Borussiya" jamoasidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Futbolownia