Smolling: "A Seriya har doim maqsadim bo'lib kelgan"
06 sen 2019 21:55
Yangiliklar
Smolling: "A Seriya har doim maqsadim bo'lib kelgan"
"Manchester Yunayted" azosi, "Roma"ga ijaraga berib yuborilgan Kris Smolling A Seriya haqida aytib o'tdi.
"A Seriya har doim maqsadim bo'lib kelgan. Bir kuni shu erda o'ynashni istardim. Himoyachi Italiyada imkoniyatlarini sinab ko'rishga imkon bo'lsa, u albatta buni qilishga urinib ko'radi. APLda juda ko'p o'yinlar o'tkazdim. Endi avval o'rgangan sifatlarimni A Seriyaga etkaza olaman. Tezroq o'yinga tushishni kutmoqdaman.
Angliyaning aksariyat o'yinchilari xorijda to'p tepmaydi, lekin menda har doim yuqori maqsadli jamoalarga borib tajriba oshirishni istaganman", - deya Smolling so'zlarini keltirmoqda Football Italia nashri.
Fikrlar