Sluckiy: "Bundesligada jarohat olish 250%ga o'sdi"
30 may 2020 13:14
Yangiliklar


Sluckiy: "Bundesligada jarohat olish 250%ga o'sdi"
Qozonning "Rubin" klubi bosh murabbiyi Leonid Sluckiy Rossiya chempionati davom ettirilganidan so'ng o'yinchilarda jarohat olish xavfi yuqori bo'lishini aytdi.
"Bundesliga davom ettirilganidan so'ng jarohat olish 250%ga o'sdi. SHu sababdan biz ham optimal darajaga kelishimiz kerak", - deydi Qozon klubi matbuot xizmatiga.
Rossiya Premer-ligasi 17 martda koronavirus pandemiyasi tufayli to'xtatilgan edi.
Musobaqa 21 iyundan davom ettiriladi, klublarga tribunalarning 10%gacha to'lishiga ruxsat berildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar