So’nggi yangiliklar

11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  0 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  3 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  6 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  14 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  3 02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  1 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  2 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  1 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  3 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2

Sluckiy… Bolalar futboliga nazar Yangiliklar

Sluckiy… Bolalar futboliga nazar

Moskvananing CSKA klubi sobiq ustozi Leonid Sluckiy faoliyatini Volgogradda bolalar murabbiyi sifatida boshlagan.

Sluckiy bekorga kuchli tahlilchi sifatida tilga olinmaydi - u fikrlarida barchamizga tegishli mavzularni ko'taradi va tuzilishi, mazmuni bo'yicha ancha o'rinli jihatlarga to'xtaladi.

Demak, Rossiya bolalar futboli haqida Leonid Sluckiyning sports.ru saytidagi shaxsiy internet-blogidagi fikrlari bilan o'rtoqlashamiz.

Hech kimga sir emaski, barcha etakchi klublarimizning o'z akademiyasi (internati) bor va u erga butun mamlakatdan saralangan bolalar qabul qilinadi. Ular mashg'ulotlarda qatnashadi, yashaydi, talim oladi, keyin asosiy jamoaga yo o'tadi, yoki o'ta olmaydi. O'ylashimcha, futbolda ishlaydiganlarning barchasi fikrimni qo'llab-quvvatlaydi – bolalar jamoalarining har birida uch-to'rt nafardan bolakay borki, ularga ko'pchilik maqtov so'zlarini aytadi, hayrat bilan tilga olib, buyuk kelajak kutayotganini takidlaydi. Keyin esa Rossiya o'smirlar birinchiligi finallarini tomosha qilamiz (bu taxminan o'n etti yoshli yigitlar) va mutaxassislar bir ovozdan: "Naqadar dahshat! Hech kim ajralib turgani yo'q. Hammasi bir "go'r". Savol tug'iladi – bu bosqchida bolalar bilan nima yuz beradi? Aytaylik, 10-12 yoshdan 16-17 yoshgacha.

Aslida vaziyat quyidagicha. 

12 yoshda iqtidorli bolalar sport internatiga keladi. Internatga qabul qilinishi hamonoq ularning talim olishiga nuqta qo'yiladi. U erda ular maxsus dasturlar bo'yicha o'qishadi. Odatda, barchasi bir sinfda o'tiladi. Yani, kimdir o'zi xohlab chindan yaxshi o'qimoqchi bo'lsa ham, qolganlar unga bunday "imkon qoldirishmaydi". Misol keltirib o'taman. Men "Olimpiya"da ishlaganimda, shogirdlarimni talim tomondan biroz bo'lsa-da, darajasini oshirishi uchun astoydil harakat qilsam, ko'pincha shunday holat yuzaga kelardi – bir futbolchiga murojaat qilib:

– Men umuman qanday bo'lsa ham kitob o'qiganingni ko'rganim yo'q.

– Axa, – deb javob beradi u, – hozir kitob o'qisam, kimdir meni oynadan ko'rib qolsa-chi?!

Albatta, misol biroz bo'rttirilgandek, biroq u maxsus sinflardagi bolalar psixologiyasini aks ettiradi. Ular hech qanday talim olmayapti.

Talimdan tashqari ular tarbiya ham olmayapti. 12 yoshlarida ular o'ziga o'zi xo'jayin, tengdoshlari va bir nechta nafaqa yoshidagi tarbiyachilar orasida yashaydilar. Demak, ularning rivojlanishiga "ko'cha" va o'sha muhitdagi xatti-harakatlar ko'proq tasir o'tkazadi. Natijada, biz darajasi past malumot bilan birga, past madaniyatni ham olamiz.

Yana bir muhim vaziyat – shu yoshdan kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar boshlanadi. Odatda, o'ta katta hajmdagi mashqlar bo'ladi, chunki hamma bolalar-o'smirlar darajasidayoq nimagadir erishishga, qandaydir sovrin yutishga urinadi. SHu bilan birga turli yoshdagi jamoalar bitta mashg'ulot maydonini "bo'lishishga" majburlar. Demak, kimdirning mashg'uloti aytaylik, soat ertalabki 7-8 da boshlanadi. Natijada, bir yil o'tar-o'tmas, mashg'ulotlardan yoki o'yinning o'zidan zavq olish haqida gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Ularning aksariyati "bunday futbol"ni juda ham yomon ko'rishadi!

Yana bir misol keltirib o'taman. Agar Roman Adamovning 17 yoshdagi va hozirgi funkcional test natijalarini solishtirsak, bazi jismoniy ko'rsatkichlar o'sha vaqtda hozirgidan yaxshiroq bo'lganligini ko'ramiz. Bu nimadan dalolat beradi? Bu shuni ko'rsatadiki, biz yuqori yuklamalar orqali uni 17 yoshidayoq fiziologik va funkcional jihatdan "pik" darajasiga olib chiqdik. Aslida esa bu kerak ham bo'lmaydi. 17 yoshdan 25 yoshgacha esa uning organizmi o'sha holatini ushlab turishga harakat qiladi, o'sishga emas – yani, u ortiq rivojlanmaydi! Bo'ldi!

Aytib o'tilganlarni inobatga olib, quyidagicha xulosa qilish mumkin. 

16-17 yoshda biz zarur darajadagi talim-tarbiyasiz insonga ega bo'lamiz. Yani, muntazam ravishda kuniga ikki martadan yuqori yuklamali mashg'ulotlarni bajaradigan, futboldan zavq olmay qo'ygan, qaysidir manoda futboldan bezib qolgan inson. Mana bizning iqtidorlar!

Achinarli holat yuzaga kelmoqda. Biroq fikrlarim faqat tanqidiy bo'lib qolmasdan, muammoni hal qilish va yosh futbolchilarni tarbiyalashda nisbatan muqobil variant haqida aytib o'tsam. Bu uslubdan xorijdagilar keng ko'lamda foydalanadi.

Men mavzuni atayin chuqurroq o'rgandim, sababi u men uchun doimo qiziq va yaqin mavzu. Misol uchun, Angliyada futbolchi agar manzilga etib borishi uchun yo'lga bir yarim soatdan ko'proq vaqt ketadigan bo'lsa, maktab uni qabul qilmasligi shart. Bu degani selekciya hudud bo'yicha 60-70 kilometr radiusda olib boriladi. Aks holda, maktab futbolchiga rad javobini beradi, chunki yo'lga buncha vaqt sarflaydigan bola charchaydi va to'liq kuch bilan mashg'ulotlarda ishtirok eta olmaydi, bu esa uning huquqlarini poymol qilishga kiradi. Tabiiyki, internatlar tizimi ham mavjud emas, bolalar doimiy ravishda o'z uyida yashaydi va faqatgina mashg'ulotga borib keladi. Tabiiyki, parallel ravishda u o'z maktabida o'qishni davom ettiradi va normal talim olaveradi. G'arbda aynan talim barcha qolgan mashg'ulotlardan ustun qo'yiladi. Yaxshi futbolchi – bu o'qimishli futbolchi.

Ikkinchidan. Yaxshi futbolchi – bu tarbiyali futbolchi. Agar bolani uzoqdan yoki hatto boshqa shahardan olib keladigan bo'lishsa, unda albatta, oilasi bilan birga olib kelinadi. Sababi to'liq tarbiyani faqatgina oila bilan birga olish mumkin.

Uchinchidan. Taxminan 15 yoshgacha ular haftasiga 3-4 marotaba mashg'ulot o'tkazib, haftada bitta o'yinda ishtirok etishadi. Har kuni ikki martadan mashg'ulot, og'ir yuklamalarning hech biri yo'q.

Natijada, ular haqiqiy o'yin tamini endigina his qilgan, bilimli, odobli va ishtiyoq o'tida yonayotgan odamga ega bo'lishadi. Nazarimda, start nuqtasi uchun ideal holat. Bizda esa - bilimsiz, tarbiyasiz, shaxs sifatida shakllanmagan va o'zi shug'ullanayotgan ishni yoqtirmaydigan inson. Nima deb o'ylaysiz, shunday holatda kim muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshiroq imkoniyatga ega?

SHuning uchun bizning tizimimiz dahshatli ahvolda deb hisoblayman. Ha, biz o'smirlar-yoshlar miqyosidagi musobaqalarda g'oliblikka erishyapmiz. Ha, iqtidor borasida xorijlik futbolchilardan kam joyimiz yo'q. Lekin buning barchasi qanchalik oson yo'qotilayotganini ko'ring! 

Gapni boshida Roman Adamov haqida aytganlarimga qaytsak. Ishonchim komil, agar o'smirlik davrida u boshqacha tartibda shug'ullanganida o'z "pik"iga chiqardi, 17 yoshda emas, balki bu 20 yoshlarida yuz berardi. Ammo muhimi, u sekin-asta oldinga harakatlanardi va futboldan bezimasdi.  

SHu sababli o'smirlar musobaqalari Angliyada deyarli 23 yoshgacha o'tkazib boriladi. Etiborlisi, har bir klubda bo'lgan asosiy jamoaning o'rinbosarlar tarkibi emas. Bizda esa futbolchi 20 yoshida o'rinbosarlar orasida o'zini ko'rsata olmasa, qarib qolgani va to'g'ri kelmasligi aytiladi. 20 yoshdagi futbolchi - qari ekan!  

Ishga bo'lgan munosabat o'rtasidagi farqni sezyapsizmi? Ularda 23-25 yoshida o'yini ochilgan ko'plab futbolchilar bor. SHuning uchun ham ishonchim komil, bugungi kunda aynan "g'arb" modeli butkul to'g'ri, internatlar tizimi esa ortiq ish bermayapti. 

SHunda ham savollar qolgan bo'lsa, yana bir misol. Moskvaning "Spartak" klubi mamlakatning eng yaxshi maktablaridan biriga ega. Biroq uning mashhur bitiruvchilarining aksariyati - bk moskvaliklar. Titov, Rebko, Dzyuba, Torbinskiy (bolaligida Moskvaga ko'chib o'tgan), o'sha Parshivlyuk ham. Boshqa shahar vakillaridan faqatgina SHishkinni eslay olyapman. Bu nimadan dalolat? Moskvaliklar qolganlardan iqtidorliroqmi? Yo'q. Aslida, odatiy sxemaga ko'ra, buning aksi bo'ladi. CHunki boshqa shaharlardan eng iqtidorlilar Moskvaga etib keladi.  

Bu yaxshi maktablarda normal talim olayotgan va maktab-internatlarda emas, balki o'z oilasida yashovchi, yani, o'sha chet el yondashuvi taklif qilgan model bo'yicha tarbiyalangan bolalarda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati ko'proq ekanligini tasdiqlaydi.

Ishonchim komil, bu mavzu bilan kamdan-kam odam qiziqib ko'rgan. Umid qilamanki, mening so'zlarim kimnidir bir lahza to'xtab, o'ylashga majbur qiladi. Endilikda vatanparvarlik ruhidagi: "bizning umidli yoshlarimiz qani?" - degan savol bo'yicha, kengroq fikr yuritish uchun, qiziqarli malumotingiz bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика