Slimani boshchiligidagi jazoirliklar xayriya qilishadi
03 iyu 2014 07:53
Yangiliklar
Slimani boshchiligidagi jazoirliklar xayriya qilishadi
Jazoir terma jamoasi futbolchilari Braziliyadagi jahon chempionatidagi ishtiroklari uchun beriladigan pulni Falastinning G'azo sektori aholisiga xayriya tarzida yo'naltirishlarini malum qilishdi.
“Ular bizdan ko'ra etiborga muhtoj”, – deydi terma jamoa etakchi hujumchisi Islom Slimani.
Aynan “Sporting” hujumchisi bu xayriya ishining bosh tashkilotchisi bo'lib turibdi. Eslatib o'tamiz, Jazoir terma jamoasi JCH-2014ning 1/8 finalida Germaniyaga qo'shimcha bo'limlarda imkoniyatni boy (1:2) berib qo'yib, mundialni tark etgan edi.
Fikrlar