Slavko Lukich faoliyatini Superligada davom ettiradi
27 jan 2021 23:51
Yangiliklar


Slavko Lukich faoliyatini Superligada davom ettiradi
Bu haqda “Qo'qon-1912” klubi matbuot xizmati malumot berdi.
"Qarshining “Nasaf” hamda Namanganning “Navbahor” jamoalaridagi o'yinlari bilan yurtimiz muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan , Serbiyalik futbolchi Slavko Lukich “Qo'qon-1912” jamoasi safiga kelib qo'shildi. Jamoamiz murabbiylarining taklifiga binoan Qo'qonga etib kelgan himoyachi bugundan mashg'ulotlarga qo'shildi. Slavko Lukich bu yilgi mavsumni jamoamiz safida o'tkazishi aniq bo'ldi", deyiladi xabarda.
Malumot uchun, 2019 yilgi mavsumni Namanganning "Navbahor" jamoasida o'tkazgan futbolchi 2020 yilda Bosniyaning "Zvezda" va Serbiyaning "Napredak" jamoalarida tarkibida to'p tepdi. 31 yoshli himoyachi o'tgan yil davomida atigi 3 ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar