Skolari mundialda Braziliyani boshqacha o'ynatmoqchi
25 apr 2014 01:08
Yangiliklar
Skolari mundialda Braziliyani boshqacha o'ynatmoqchi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari mundialda terma jamoa azolaridan kimlarga ko'proq ishonishi haqida gapirib o'tdi.
Men mundialda Tiago Silva, David Luis, Julio Sezar va Fred kabi futbolchilarga suyanishim mumkin bo'ladi. O'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida aynan shu futbolchilar bilan ko'proq muloqotda bo'ldim va bir-birimizni yaxshi tushunib oldik. 2002 yilgi JCHda bu ishni Ronaldo, Kafu, Karlos, Rivaldo va Roke Junior bajarishgandi. Yakuniy tarkibni chempionatlar tugagandan keyin elon qilaman. Hozircha ushbu tarkibdan kimlar o'rin olishi xotinim ham bilmaydi. Katta syurpriz bo'lishiga vada bermayman. Neymar? U ayni paytda "Barselona" tarkibida qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Braziliya termasi yangi o'yin uslubiga o'tishiga to'g'ri keladi. Bu katta qiyinchiliklar tug'dirmaydi - deb aytib o'tdi, Skolari.
Skolari shuningdek, mundialga deyarli borishi aniq bo'lgan futbolchilarni ham sanab o'tdi. Bular Ramires, Villian, Oskar va Paulino.
Skolari shuningdek, mundialga deyarli borishi aniq bo'lgan futbolchilarni ham sanab o'tdi. Bular Ramires, Villian, Oskar va Paulino.
Fikrlar