Skauting – zaruratmi yoki foydasiz o'yinchoq? Nikolay Egorichevning fikrlari (mutolaa uchun)
20 iyu 2023 15:22
Yangiliklar
Skauting – zaruratmi yoki foydasiz o'yinchoq? Nikolay Egorichevning fikrlari (mutolaa uchun)
Har birimiz hech bo'lmasa bir marta FIFA, Pro Evolution Soccer (hozirda eFootball) yoki Football Manager'da murabbiy sifatida karera o'ynab ko'rganmiz. Bu haqiqatdan ham mazza: vaziyatni o'zgartirish, mos keladigan o'yinchilarni qidirish, o'zi uchun yangi futbolchilarni kashf qilish, keraksizlarini sotish va o'z jamoasi uchun yangi ijrochilarni xarid qilish, bularning barchasi yakunda muvaffaqiyatga eltish uchun qilinadi.
Professional klublar murabbiylari bu ishlarni har kuni qilishadi. Hatto ko'plari (kamida hayolda olib yurishadi) tatilda ham o'z jamoalarini kuchaytirishni o'ylashadi. Agar bu haqiqiy professional bo'lsa, albatta.
Endi esa bosh murabbiyning qanday ish ko'lamini bajarishini tasavvur qiling. Unda tayyorgarlikdan tortib-o'yingacha, mashg'ulotlar jarayoni va o'yindan keyingi matbuot anjumanigacha bo'lgan ishlar bor. Ha, murabbiylarda yordamchilar bor, ammo ularning barchasi ham uning ishini engillashtirmaydi. Va bu, birinchi navbatda skautingga taaluqli.
Skauting odatda o'yinchilarni izlash va tahlil qilish, shuningdek ularning bo'lg'usidagi faoliyati rivojlanishini oldindan aytishni o'z ichiga oladi. Unga tarkibning kengligini aniqlash, muammoli poziciyalar va futbolchilarni tanlash bilan bog'liq boshqa ko'plab ishlarni qo'shish mumkin. "Skauting" atamasi paydo bo'lgunga qadar buni "selekciya" deb atashgan. Tan oling, agar biz futbol klubidek katta va murakkab mexanizm haqida gapirsak, bu juda muhim narsadek tuyuladi. Xo'sh: O'zbekistondagi hech bir klubda to'laqonli ishlaydigan skaut yo'q.
Hozirda Superliga klublarida selekciya uch tamoyil asosida amalga oshiriladi:
• agentlar to'g'ridan-to'g'ri yoki kimdir orqali klublar bilan muloqot qilishadi va o'z o'yinchilarini taklif qilishadi;
• murabbiylar yoki sport direktorlarining o'zi o'yinchilarni izlashadi va YouTube'dagi videolar orqali ularning darajasini baholashga urinishadi;
• murabbiylar, bosh direktorlar yoki sport direktorlari o'zlarining oldingi jamoalaridan tanish bo'lgan bir xil o'yinchilarni olishadi;
SHu bilan birga, agar o'yinchilar tahlil qilinsa va ular tarkibga mos kelishi taxmin qilinsa, yuqoridagi variantlar ham mavjud bo'lishga haqli. U o'ynayotgan mamlakat tilini bilishidan tortib, bosh murabbiy uni qanday poziciya va qaysi rolda (asosiy o'yinchi va rotaciya o'yinchisi) ko'ra olishigacha bo'lgan jihatlar futbolchining o'yiniga tasir qilishi mumkin. Yoki jamoada xarid qilinayotgan o'yinchidan qolishmaydigan futbolchi bordir?
Avvalo, murabbiydan u yoki bu poziciya bo'yicha unga qanday sifatlarga ega o'yinchi kerakligini aniqlash kerak. Masalan, tayanch yarim himoyachini olaylik: u "Man Siti" o'yinchisi Rodridek baland va kuchli yoki Ngolo Kantedek kichik va chaqqon bo'lishi mumkin. Yoki umuman ozg'in va sekin, ammo Serxio Busketsdek o'yinni ajoyib tarzda tushuna olishi bilan. Va shu bilan birga eng mos variantni tanlash va tahliliy resurslarni (inStat, WyScout) ishlatgan holda yangi o'yinchini sifatli tahlil qilish kerak.
Ideal holatda o'yinchini kamida yarim yil davomida kuzatish kerak. "Alaniya" sport direktori Timur Demurov Championat.Asia bilan intervyuda vladikavkazliklar Husayn Norchaevni bir yarim yil atrofida kuzatishganini aytgandi.
Skauting endigina rivojlanishni boshladi deyish mumkin. Bu nafaqat O'zbekistonga, balki MDH va Osiyoning ko'plab mamlakatlariga ham taaluqli. Bu borada Evropa, AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlari eng ilg'or hisoblanishadi. U erdagi aksariyat klublarda turli yo'nalishlar uchun masul bo'lgan butun boshli skautlar tarmog'i bor: kimdir Osiyo bozorini, kimdir Afrikanikini, kimdir esa mahalliy chempionatni kuzatadi va mamlakat ichida kuchayish uchun imkoniyatlar izlaydi.
Ha, klub skautsiz yashashi mumkin. Ammo, keling, ko'pchilik ko'nikkanidek, murabbiylar yoki bosh direktorlarning o'zlari futbolchilarni jamoa uchun tanlashini oddiy hayotga ko'chiramiz. Aytaylik, sizning zavodingiz bor va siz korxonangizda ishlaydigan xodimlarni yollashingiz kerak. Buni o'zingiz qilasizmi yoki HR-menejeringizga buyurasizmi? SHubhasiz, ikkinchi variant ko'proq afzal ko'riladi. Skautni futbol klubi strukturasidagi HR-menejer deyish mumkin.
Bunday vaziyat yaqingacha tahlilchilar bilan bo'lgandi. Endilikda Superliga klublarida asta-sekin jamoaning va raqib o'yinini tahlil qilishga masul bo'lgan maxsus shaxslar paydo bo'lmoqda. Oldinroq, bunga ham murabbiylar masul edi..
Sizningcha, Superliga klublariga skautlar kerakmi?
Nikolay Egorichev tayyorladi
Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar