Skaloni nima sababdan Messini termaga chaqirmaganini aytdi
27 jan 2022 12:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/679886_original.jpg)
![](/upload/storage/679886_220.jpg)
Skaloni nima sababdan Messini termaga chaqirmaganini aytdi
Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2022 saralashi doirasida yanvar-fevral oyidagi o'yinlar uchun Leo Messining chaqirilmagani haqida gapirdi.
"Biz ham uning kelishini istagandik. Leo bilan gaplashdim. U koronavirus jiddiy tasir qilganini aytdi. Biz ham uning tezroq sog'ayishini istaymiz. SHu sababli uning klubida qolishi borasida qaror chiqardik", - dedi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, Argentina termasi JCH-2022 saralashi doirasida 28 yanvar kuni CHili va 2 fevral kuni Kolumbiya termalariga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar