"Siti"ga "Yuve" himoyachisi kerak
05 may 2019 15:56
Yangiliklar


"Siti"ga "Yuve" himoyachisi kerak
"Manchester Siti" "Yuventus" himoyachisi Joau Kanseluning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, "shaharliklar" portugaliyalikni yozdayoq o'z saflariga qo'shib olishni niyat qilmoqda. "Yuventus" o'z futbolchisini 60 million evroga sotishga tayyor turibdi.
Bu mavsumda 24 yoshli Kanselu "Yuventus" tarkibida 32 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi va 8 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2023 yilga qadar amal qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar