Simone Dzadza: Italiya Evro-2016da xuddi tankdek bo'lishi lozim
05 iyu 2016 12:45
Yangiliklar
Simone Dzadza: Italiya Evro-2016da xuddi tankdek bo'lishi lozim
Yuventus hujumchisi Simone Dzadza Italiya terma jamoasining Evro-2016dagi ishtiroki haqida o'z taxminlarini bildirdi.
Biz xuddi tank kabi bo'lishimiz kerak. O'yinni o'zgartirib yubora oladigan futbolchilarga egamiz. Faqat oldinga intilishimiz zarur.
Italiyada balki hozir oldingidek qobiliyatli futbolchilar yo'qdir. Biroq hozirgi tarkib ham o'zidan yorqin iz qoldirishi mumkin, – deydi Dzadza.
Eslatib o'tamiz, Italiya Evropa chempionati guruh bosqichida Belgiya, SHveciya va Irlandiya bilan o'ynaydi.
Fikrlar