Simeone "Real" nega ko'p penalti tepayotganini aytdi
06 iyu 2020 20:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/579323_original.jpg)
![](/upload/storage/579323_220.jpg)
Simeone "Real" nega ko'p penalti tepayotganini aytdi
Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone VAR tizimi hujumkor jamoalar foydasiga ishlaydi, deb hisoblaydi. So'nggi paytlarda Ispaniyada hakamlik borasidagi munozaralar to'xtamayapti: bazilar "Real" ko'p bora penalti tepish huquqini qo'lga kiritayotganidan norozi.
"VAR hamma narsani fosh qiladi. Oldin hakamlarda har bir vaziyatni qayta tahlil qilish imkoniyati yo'q edi.
Ammo xatolar ham uchrab turishi tabiiy. Har qaysi holatda ham VAR barchaga nisbatan adolatli hisoblanadi. Bazi jamoalar ko'proq penalti tepish imkoniga ega bo'lishmoqda, chunki ular ko'p hujum qilishadi. Masalan, "Real", — dedi Simeone Marca nashriga bergan intervyusida.
Malumot uchun, "qirollik klubi" futbolchilari joriy mavsum davomida jami 9 bor penalti tepishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar