Simeone: "Milan"ni hurmat qilamiz"
27 dek 2013 11:59
Yangiliklar


Simeone: "Milan"ni hurmat qilamiz"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone ECHL 1/8 finalida "Milan"ga qarshi o'yinda o'z jamoasini favorit hisoblamaydi.
"Biz "Milan"ni hurmat qilamiz. Bu jamoa CHempionlar ligasida o'ynash tajribasiga ega. SHu bois bizni qiyin o'yin kutib turibdi. "Atletiko"ni chorak finalga chiqib bo'ldi deydiganlarga qo'shilmayman. Men boshqa fikrdaman. "Milan" "Real", "Bavariya", "Barselona" va "Borussiya" bilan bir darajada. Biz esa hali superklublar safiga kirmaymiz. O'ylashimcha, to'qnashuvimizda imkoniyatlar 50-50", - deydi Simeone.

Fikrlar