Simeone faoliyatini "Bolonya"da davom ettirishi mumkin
05 iyu 2020 22:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/579109_original.jpg)
![](/upload/storage/579109_220.jpg)
Simeone faoliyatini "Bolonya"da davom ettirishi mumkin
Xabaringiz bor, Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'li Jovanni joriy mavsumni ijara asosida "Kalyari"da o'tkazmoqda.
CalcioMercato xabariga ko'ra, transfer huquqi "Fiorentina"ga tegishli bo'lgan futbolchi "Bolonya" tarkibiga ko'chib o'tishga yaqin turibdi. Florenciya klubi rahbariyati Jovanni Simeoneni qo'yib yuborishga qarshi emas. Buning uchun davogar jamoa 20 mln evro to'lab bersa bo'lgani.
Malumot uchun, kichik Simeonega Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi ham qiziqish bildiryapti.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar