Simeone: "Atletiko"dan Torres, Forlan, Aguero, Diego Kosta, Grizmann ketishdi va biz hamon kurashmoqdamiz"
17 may 2019 20:00
Yangiliklar


Simeone: "Atletiko"dan Torres, Forlan, Aguero, Diego Kosta, Grizmann ketishdi va biz hamon kurashmoqdamiz"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone hujumchi Antuan Grizmanning jamoadan ketishi haqida gapirdi.
"Birinchi navbatda, biz biz bilan birga bo'lgan futbolchilardan minnatdorman. Men unga rahmat aytaman. Grizmanni inson sifatida ham yaxshi ko'raman. Men boshqaralarning qarorini baholamaslikni o'rgandim. Fikr bildirish bu sizning ishingiz. O'zingizdagi eng yaxshi barchasini berish va hech narsa qaytib kelishini kutmaslik muhim. Antuan bu ishni 100 foiz bajardi, bundan xursandmiz.
"Atletiko" juda katta jamoa bo'lgani uchun shartnoma imzolaganman. Bu erdan Torres, Forlan, Aguero, Diego Kosta, Grizmann ketishdi va biz hali ham kurashyapmiz. Kelajakda Grizmanning o'rnini bosa oladigan o'yinchi izlab ko'ramiz", - deydi Simeone.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar