Sillessen: "Barselona"ni sog'inishga sabab ko'rmayapman”
27 iyu 2019 01:20
Yangiliklar
Sillessen: "Barselona"ni sog'inishga sabab ko'rmayapman”
Joriy transferlar oynasi vaqtida Barselonadan Valensiyaga o'tgan gollandiyalik posbon Yasper Sillessen sobiq jamoasini sog'inmayotganini aytdi.
«Menga Valenciya ham shahar ham jamoa sifatida juda yoqmoqda. Bu erda ajoyib o'yinchilar bor va ular bilan mashg'ulotlar bir meyorda kechmoqda. Yangi klubga o'tganimdan so'ng, meni nimadir ajablantirdi deya olmayman. Sababi, menga asosiy tarkibdan muntazam joy kerak edi. SHu bois, «Barselona»ni sog'inishga sabab ko'rmayapman», – deydi 30 yoshli kiper.
Eslatib o'tamiz, Sillessen «ko'k-anorranglilar» safidagi uch mavsum davomida 32 bahsda (LaLigada – 5ta, Ispaniya Kubogi – 24, ECHL – 3) qatnashdi.
Avvalroq, Gollandiya terma jamoasi darvozaboni kataloniyaliklardan xafa ekanligini malum qilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar