So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

”Sigirning oppoq sutiday top toza gol”inglar muborak bo'lsin, “otamning “Paxtakori!” - "Metallurg" klubidan bayonot Yangiliklar

”Sigirning oppoq sutiday top toza gol”inglar muborak bo'lsin, “otamning “Paxtakori!” - "Metallurg" klubidan bayonot

Coca-Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan bekobodliklar norozi.

Buni esa jamoa matbuot xizmati hissiyotlarga berilib yozgan bayonotdan ham bilsa bo'ladi. Quyida "Metallurg" klubi tomonidan berilgan bayonotni o'zgarishsiz taqdim etamiz:

"Burgutko'z hakamlaringdan aylanay, O'FA!

Uchrashuvdan oldin OAV sahifalarida ko'p takidlangan 11 yillik qora ananaga chek qo'yilishi mumkin edi. “Metallurg” Toshkentda “Paxtakor”dan ochko olishga yaqin keldi. Ammo futbolchilardan rang bo'yicha ham, harakat bo'yicha ham ajralib turuvchi hakamlarning “sahnaga chiqishi” hammasini buzib qo'ydi. “Metallurg” Toshkentda alamli mag'lubiyatga uchradi.

Kutilganidek uchrashuv mezbonlarning hududiy ustunligi va keskin hujumlari bilan boshlandi. O'yinini qarshi hujum asosiga qurgan “Metallurg” dastlabki bosim va tazyiqqa matonat bilan bardosh berdi va o'zining imkoniyatini kutdi. Bu imkoniyat esa 23 daqiqada bo'y ko'rsatdi. Tezkor qarshi hujumda jarima maydoniga yorib kirgan Zabixillo O'rinboevni mezbonlar posboni to'xtatib qoldi. Hakam ikkilanmay 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Penaltini jabrlanuvchining o'zi bexato amalga oshirdi – 0:1.

O'yinning bunday tus olishi tabiiyki “Paxtakor”ga yoqmadi. Jamoa endi himoyani ham tashlab, to'liq kuch bilan hujumga otlandi. Lobanov darvozasi yonida ketma ket xavfli vaziyatlar yuzaga kela boshladi. SHunday hujumlardan birini taym oxirida Pshemislav Banashakning goli bilan tugadi. Mazkur golni aslida bekobodliklar “hakamning yordami bilan” o'zlariga o'zlari olib kelishdi. 33-daqiqada Kerim Palich raqib hududi raqib oyog'i tagiga tashlanib, to'pni olib qo'yishga erishdi. Bir qaraganda toza harakat qilgandek edi. Firdavs esa vaziyatni boshqacha baholadi. “Metallurg” tomonga jarima zarbasi belgilashidan tashqari, mehmonlar tayanch yarim himoyachisiga oddiy vaziyat uchun sariq kartochka ham ko'rsatdi. Standart holatidan boshlangan hujum esa gol bilan yakunlandi – 1:1. 

56-daqiqada 56 yil muqaddam jahon chempionatining finalida yo'q golni inobatga olgan referi Tofiq Bahramov “tirilib qaytganday bo'ldi” (Vo darig', o'xshashlikni qarang!). “Paxtakor” futbolchisi o'ng qanotdan taqibchisidan qochib, to'pni jarima maydoniga uzatdi. Olis burchakda Fayzullaev to'pga boshi bilan zarba berdi. Lobanov darvoza chizig'i ustida turib qo'llarini oldinga cho'zgancha to'pni qaytardi. Norsafarov  vaziyat nima bilan tugashini kuzatib turgan bir paytda, etibor bering, Lobanov, “Paxtakor”ning qanotdan to'pni uzatgan o'yinchisi, uni taqib qilib kelgan “Metallurg” himoyachisi, jarima maydoni ichida yana ikki futbolchining orasidan qanot hakami “to'pning chiziqni kesib o'tganini ko'rib turibdi-da”!!! Eeeeee, burgutko'z hakamlaringdan aylanay O'zbekiston, O'FA, Futbol hakamlari markazi, devorging keladi! Qoyilmisan!!!

So'nggi ikki uch o'yindan buyon hakamlarni rosa tanqib qilgan Maksim SHackixning nolalari “qaerlargadir etib borganga” o'xshaydi. Bunday hakamlik bilan jahon chempionatini orzu qilmang, degandi, Lobanovskiy maktabida tahsil ko'rgan Maksim! Endi-chi, endiyam orzu qilmaylikmi, Mundialni?!

Sobiq Ittifoq davrida mamlakatimiz sharafini himoya etgan “Paxtakor”ga barcha ishqibozlik qilgan. Otamiz ham, tog'amiz ham, jiyanimiz ham, qo'shnimiz ham, o'zbek ham, o'ris ham! Xullas hamma O'zbekistonliklar! SHu boisdan ham mezbonlar rasmiy telegramm kanali takidlaganidek, “sigirning oppoq sutiday top toza gol”inglar muborak bo'lsin, “otamning “Paxtakori!”

Paxtakor

Pshemislav Banashak - 34', Abbosbek Fayzullayev - 56'

Superliga. 18-tur

09/09/2022, 19:30

1
:
2
Tugadi

Metallurg

Zabihillo O’rinboyev - 24'

45'
90'
34'  Pshemislav Banashak
34'  Xozhiakbar Alizhonov
41'  Odiljon Hamrobekov
56'  Abbosbek Fayzullayev
56'  Xozhiakbar Alizhonov
88'  SHahzod Azmiddinov
24'  Zabihillo O’rinboyev
32'  Kerim Palich
58'  Aleksandr Lobanov
62'  Farhod Bekmurodov

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика