"Siettl" va "Borussiya D" uchrashuvida 8 yoshli darvozabon maydonga tushdi
21 iyu 2019 19:45
Yangiliklar


"Siettl" va "Borussiya D" uchrashuvida 8 yoshli darvozabon maydonga tushdi
O'rtoqlik uchrashuvida tarkiblarda eksperimentlartni tez-tez kuzatib turamiz. Lekin, "Siettl" va Dortmundning "Borussiya" klublari o'rtasidagi bahsda juda yorqin va esda qolarli holat yuzaga keldi.
Amerika klubining darvozasini 1-daqiqada 8 yoshli Bim Goyal qo'riqladi va 1 ta seyv va aniq pasni amalga oshirdi. Keyin uning o'rnini "Siettl" posboni Brayan Meredit egalladi.
Yosh bolakay oqqon kasalligiga chalingan va uning asosiy orzusi sevimli klubi "Siettl Sanders"da o'ynash edi. Ushbu iltimos inobatga olindi va 10 iyul kuni klub Bim Goyal bilan shartnoma imzoladi. "Borussiya D"ga qarshi o'yin oldidan bo'lgan umumiy mashg'ulotda ham 8 yoshli Bim ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar