So’nggi yangiliklar

03:06АПЛ. "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан иродали ғалаба қайд этди  7 03:02Испания кубоги. "Барселона" "Бетис" дарвозасига ҳам бешта гол урди  10 03:00Бундеслига. "Бавария" "Хоффенхайм"ни аяб ўтирмади  1 02:57АПЛ. "Ньюкасл", "Астон Вилла" ва "Кристал Пэлас" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди.  0 02:53А Серия. "Интер" "Болонья"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 00:52"Челси" Лондоннинг бошқа клубида ўйнаётган футболчисини ортга қайтарди  0 00:28"Эльче" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 23:50"Ливерпуль" 19 ёшли форвардга қизиқмоқда  1 23:47"Интер" — "Болонья". Барелла, Димарко, Тюрам ва Лаутаро асосий таркибда  0 23:06"Манчестер Юнайтед" Сузуки билан шартнома имзоламоқчи  9 22:38"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:15"Пахтакор" назорат учрашувида Япония вице-чемпионига мағлуб бўлди  10 21:51ЎзПФЛ 2024 йилдаги шубҳали ўйинларни текширишни сўраб ЎФА этика қўмитасига хат юборган  9 21:28Роналду "Ал Насср" билан шартномани узайтирса, клуб акциядорига айланади  4 21:01МЮ Антони борасида Ла Лига клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0

SHveycariya - Franciya 2:5. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

SHveycariya - Franciya 2:5. MATNLI TRANSLYACIYA

Braziliyadagi Jahon chempionatidan o'rin olgan SHveycariya - Franciya uchrashuvi matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.

SHVEYCARIYA - FRANCIYA 2:5
Salvador. “Fonte-Nova” stadioni.
Bosh hakam:
Born Keypers (Gollandiya)

Gollar:
Dzemaili 81, Jaka 86 - Jiru 16, Matyuidi 17, Valbuena 41, Benzema 65, Sissoko 73.
Amalga oshirilmagan penalti:
Benzema 33 (darvozabon)

SHveycariya –
1.Benalo, 20.Juru, 13.Rodriges, 5.fon Bergen (4.Senderos, 9), 2.Lixtshtayner, 10.Jaka, 8.Inler, 23.SHakiri, 11.Bexrami (15.Dzemaili, 46), 18.Mexmedi, 9.Seferovich (21.Drmich, 69).

Franciya –
1.Loris, 2.Debyushi, 5.M. Sako (21.Koselni, 65), 4.Varan, 3.Evra, 18.Sissoko, 14.Matyuidi, 6.Kabay, 8.Valbuena (11.Grizmann, 82), 10.Benzema, 9.Jiru (18.Pogba, 63).

Ogohlantirish:
Kabay 88


                                  MATNLI TRANSLYACIYA
                                            
YANGILASH

Saytimiz orqali Gonduras va Ekvador o'yini ham matnli translyaciya qilinadi.

90+3. Tugadi! JCH-2014ning eng ko'p gol urilgan o'yini yakunlandi. Franciya 5:2 hisobida SHveycariyani mag'lub etdi! Sizlar bilan bahsni Narzulla kuzatib bordi.

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi.

90.
Uxlab qolganlarga alangali salomlar! SHunday o'yinni ko'ra olmadinglar, alam qilsin)

89.
Jamoalar bugun bizni zarbalar va gollar bilan ancha xursand qilishdi. Aniq zarbalarning o'zi 8:16!

88.Ogohlantirish. Franciya.
Yoan Kabay keyingi o'yinni o'tkazib yuboradi

87. Jarima maydoniga Inlerning oshirgan to'pini Jaka to'xtatmasdan darvozaga yo'lladi - 2:5.

87. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL GOOOOOOOOOOOOOOOOL QOYIL! GRANIT JAKA! LORIS JAlKA 2:5

86.
O'yin haqida nima yozishniyam bilmayapman. SHveycariya tinmay hujum qilmoqda...

82. O'zgarish. Franciya.
Valbuena o'rniga Grizmann

81. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. MALADES! Dzemaili! 1:5!

80.
SHveycariya bitta gol urishga urinmoqda. Ko'ramiz bu sodir bo'larmikin?

75. Franciya yayramoqda, o'ynamoqda, o'ylamoqda, gol urmoqda...

75. Mishel Platini hamyurtlari Yozef Blatter hamyurtlarini tor-mor etishmoqda

74.
Kakaya bol kakaya bol, Franciya SHveycariya pyat nol...

73. Benzema o'ng qanotda bo'sh turgan Sissokoni to'p bilan taminladi. Sissoko bir harakat bilan to'pni darvozaning uzoq burchagiga joylab qo'ydi - 0:5.

73. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOO! SISSOKO! 0:5

72.
Franciya muxlislar uchun o'ynashni boshlab yubordi. Hujumlar ajoyib chiqmoqda, Kabayning pasidan so'ng Evra noaniq zarba berdi noaniq.

72.
Burchak to'pidan so'ng Drmich boshi bilan darvozaga zarba berdi, noaniq.

69. O'zgarish. SHveycariya.
Seferovich o'rniga Drmich tushdi

66. Pol Pogbaning ... nafis (boshqa tarif bera olmaymiz) pasi Benzemani topdi. Karimning zarbasi Benaloning oyoqlari orasidan o'tib ketdi - 0:4!

66. GOOOOOOL! GOL! GOL! GOL! GOL!GOL!GOL!GOL!,AJoyib gol ! Benzema!

65. O'zgarish. Franciya.
Saxo o'rniga Koselni tushdi

64. XAVFLI VAZIYAT! SHveycariya hisobni qisqartirishi mumkin edi, noaniq zarba!

63. O'zgarish. Franciya.
Jiru o'rniga Pogba tushdi

62.
Debyushi raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam ikkinchi bor SHveycariya darvozasiga penalti belgilamadi

61.
Aniq zarbalar bo'yicha ko'rsatkichda hamon Franciya oldinda: 11:4

61.
Burchak to'pini himoyachilar qaytarishdi

60.
Franciyaning uzooooq davom etgan hujumi. Valbuena, Benzema Jiru hammasi ishtirok etgan hujum burchak to'pi bilan tugadi

57. ZARBAAAAAAAAA! Dzemaili! Zaxiradan tushag futbolchining zarbasi juda va juda xavfli chiqdi

55.
Franciyaning hujumi. Benzemadan to'pni olgan Jiru darvozaga kuchli zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi

54.
SHakiri ancha faol, hozir "Bavariya" yarim himoyachisi chap oyog'ida darvozaga zarba berdi, noaniq

51.
SHakiri jarima to'pi ishlab oldi, uning o'zi oshirib bergan to'pni Jaka darvozaga yo'lladi, to'p himoyachidan maydonni tark etdi

48.
Benzema to'pni orqaroqdagi Jiruga oshirdi, Olivening zarbasi himoyachiga tegib maydondan chiqib ketdi. Burchak to'pini himoyachilar qaytarishdi

47.
Inlerning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi Lorisga mashq qilib olishga imkon berdi

46. O'zgarish. SHveycariya.
Behrami o'rniga Dzemaili tushdi

45+2. Benzemaning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni ushlab qoldi. Birinchi bo'lim tugadi. 15 daqiqa dam olamiz va o'yinni davom ettiramiz. Uxlamoqchi bo'lsangiz uxlayvering faqat ertalab yana ko'plab gollar bo'lganini ko'rib afsus chekmang

45.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

43.
Hozirgacha darvoza tomon berilgan aniq zarbalar bo'yicha Franciya katta farq bilan peshqadam 7:2.

43. Yana bir vaziyat!
Valbuenaning zarbasidan so'ng darvzabon to'pni qaytardi

42. Ajoyib hujum, ajoyib to'p uzatishlar. CHap qanotdan Jiru katta bo'sh zonaga ochilib bordi va jarima maydoni ichidagi Valbuenaga to'p oshirdi. Kichkinagina futbolchi yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi - 0:3.



41. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. GOL,GOL,GOL! UCHCHCHCHU NOL! VALBUENA!

40.
SHveycariyaning hujumi, SHakiri chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirdi va burchak to'pi ishlab oldi.

35. Jiru Toshkentga ketaman deyapti

 

34.
Sizu biz JCH-2014dagi tarixiy voqea guvohiga aylandik. Qanday deysizmi. Bu birinchi golga aylantirilmagan penalti!

33. BENALO! PENALO! !!! 11 metrli jarima to'pidan Benzema raqib darvozabonini alday olmadi, qaytgan to'pni Kabay darvoza ustuniga yo'lladi!

32. PENALTI! Benzemani yiqitishdi, Juru o'z jarima maydoni ichida Karimni yiqitdi.
Qo'shnim Karim akaga yana salom.

31.
SHveycariya tezkor qarshi hujumlar tashkil qilmoqda.

30.Xavfli vaziyayayayayayayayayat! Jakaning zarbasiiiiii! Loris to'pni qaytardi, qaytgan to'pni SHakiri darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq!

27.
Granit Jaka o'yindan tashqari holatda turib gol urdi. Hakamlar tabiiyki golni inobatga olishmadi

25. Benzemaaaaaaaaaaaa! Maaaaaaaaa! Jarima maydoni chizig'i ustidan zarba berdi. Benalo to'pni qaytardi.

24.
Franciya birinchi turda 10 kishi bo'lib qolgan Gondurasni yutdi, uning o'zi kuchsiz jamoa deydiganlar yotib uxlasin.

23.
Franciya ikki o'yinda hozircha 5ta gol urdi. Bironta o'tkazgani yo'q hali

20.
Yana bir vaziyat. Jarima to'pidan so'ng uzatilgan to'pni Benzema boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq. Bundan oldinroq hujumchi offsaydda qolib ketgandi

18. Benzema raqibning xatosidan so'ng to'pni egallab olib chap qanotdan ochilayotgan Matyuidini ko'rdi. Yarim himoyachining yaqin burchakka yo'llagan zarbasi golaga aylandi - 0:2!

17. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! MATYUIDI!!!! 0:2!

16. GUUOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JIRU! Valbuena burchak to'pini amalga oshirdi, Olive Jiru baland sakrab boshi bilan to'pni darovzaga yo'lladi 0:1.

15.
Franciya ko'proq hujum qilmoqda, biroq oxirgi aniq zarba yo'q.

14. Endichi?



13. Uyqingiz keldimi?

12.
Valbuena to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi, himoyachilardgan qaytgan to'pni Kabay noaniq tarzda darvozaga yo'lladi.

9. O'zgarish. SHveycariya.
fon Bergen o'rniga Senderos tushdi

7. O'yinda tanaffus!
Stefan fon Bergenning qoshi yorilib ketdi. Uning yuziga Jiru zarba berib yubordi. Bu futbol kikboks emas

5. ZARBAAAAAAAAA! BENZEMAAAAAAAAA! Karimning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!
Qo'shnim Karim akaga salom)

3.
Dastlabki daqiqalarda jamoalar hech qanday hujum tashkil etishmadi.

1.O'yin boshlandi! Uxlab qolganlar o'zidan ko'rsin)


- Jahon chempionati har to'rt yilda bo'lib o'tadi. SHu bois uyquni chemodanga solib qo'yganmiz. To'rt yildan so'ng o'yinlarni Rossiyadan turib kuzatamiz, nasib qilsa!

- Ikkala davlat madhiyalari jarang sochib o'tdi. Navbat o'yinga!

- Tunni bedor o'tkazishga tayyor bo'lgan barchaga yana bir bor salom. Ushbu uchrashuvni ham sizlar bilan Narzulla kuzatib boradi. Man yana man, yana man deydiyu Ozodbek Nazarbekov...

- O'yin soat 00:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика