So’nggi yangiliklar

11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  1 11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  0 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  4 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  4 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4

SHveciyadan so'ng Gruziya yoxud O'zbekistonning Evropa terma jamoalari bilan statistikasi qanday? Yangiliklar

SHveciyadan so'ng Gruziya yoxud O'zbekistonning Evropa terma jamoalari bilan statistikasi qanday?

Srechko Katanec murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi 15 noyabr kuni Gruziyada ushbu yurt milliy jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Bilasiz Gruziya Evropa qitasi vakili hisoblanadi. Bunday darajadagi terma jamoalarga qarshi o'ynash doim foydali bo'lib kelgan. To'g'ri natija yaxshi bo'lmasligi mumkin, lekin xato va kamchiliklarni ko'rib olish uchun juda qulay imkoniyat hisoblanadi. Evropaliklar terma jamoamizni o'z sinovidan o'tkaza boshlaganiga 20 yil to'ldi. Ushbu yo'ldagi ilk  bahs Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi kechgan bo'lib, ular bilan shu kungacha naqd 9 bor to'qnash kelganmiz. Keyingi o'rinlarda Belarus 3, Armaniston 2, Estoniya 2, Slovakiya 1, Albaniya 1, Ukraina 1, CHernogoriya 1, Latviya 1, Gruziya 1, Isroil 1,Turkiya 1,  SHveciya 1 marotabadan raqiblik qilgan. 

Mana shu o'yinlarda jamoamiz 4ta g'alaba, 15ta mag'lubiyat, 7da durang qayd etilgan. Raqiblar darvozasi 24 bor ishg'ol qilingan bo'lsa, 42ta to'p o'tkazib yuborilgan

Ozarbayjon - O'zbekiston 2:1

O'zbekiston - Ozarbayjon 5:1

Isroil - O'zbekiston 2:0

O'zbekiston - Armaniston 0:2

O'zbekiston - Ozarbayjon 2:1

O'zbekiston - Bosniya va Gercogovina 2:1

Slovakiya - O'zbekiston 4:1

Ozarbayjon - O'zbekiston 2:0

Belarus - O'zbekiston 2:2

O'zbekiston - Belarus 1:2

Latviya - O'zbekiston 0:3

Ozarbayjon - O'zbekiston 3:1

O'zbekiston - Ozarbayjon 0:0

Ozarbayjon - O'zbekiston 1:0

O'zbekiston - Estoniya 0:0

O'zbekiston - Bosniya va Gercogovina 0:0

Armaniston - O'zbekiston 3:1

Albaniya - O'zbekiston 1:0

Estoniya - O'zbekiston 3:3

CHernogoriya - O'zbekiston 1:0

Ukraina - O'zbekiston 2:0

Ozarbayjon - O'zbekiston 0:0

O'zbekiston - Gruziya 2:2

Turkiya - O'zbekiston 2:0

Belarus - O'zbekiston 1:0

SHveciya - O'zbekiston 2:1


Gruziya terma jamoasi bilan 2017 yilning yanvar oyida Dubaydagi yig'in davomida to'qnash kelganmiz. Ushbu uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lib, termamizning ikki goliga Eldor SHomurodov mualliflik qilgandi. Umuman Gruziya futboli biz uchun begona hisoblanmaydi. So'nggi yillarda chempionatimizda gruziyalik murabbiy SHota Arveladze faoliyat olib borgan bo'lsa, "Qizilqum" safida ayni paytda Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadze, Georgiy Kuxianidze to'p tepmoqda. 

Bizni kuzatishda davom eting. Ushbu uchrashuvga doir qiziqarli maqolalar hali oldinda!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика