SHveciya TJning asosiy futbolchilaridan birida koronavirus aniqlandi
08 iyu 2021 20:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/641286_original.jpg)
![](/upload/storage/641286_220.jpg)
SHveciya TJning asosiy futbolchilaridan birida koronavirus aniqlandi
SHveciya termasi yarim himoyachisi Deyan Kulushevski Evro-2020 oldidan COVID-19'ga test topshirdi.
Tahlillar “Yuventus” futbolchisida koronavirus borligini ko'rsatdi.
8 iyun kuni Kulushevski shamollash alomatlari bilan TJ tibbiy bo'limiga murojaat qilgandi. U karantinga olindi.
Terma ustozi Yanne Andersson 21 yoshli futbolchining o'rniga hech kimni tarkibga jalb qilmasligini aytib, uning 14 iyun kuni Ispaniya bilan o'yinga qadar safga qaytishidan umid qilayotganini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, SHveciyaga “E” guruhida Slovakiya va Polsha ham raqiblik qiladi.
O’xshash yangiliklar
08:43
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi o'z mamlakatida 2024 yilning eng yaxshisi bo'ldi 2
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar