So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  3 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

SHunchaki AJOYIB! Bor bo'lgin o'zbegim! Akciyadan xabar qilamiz! Yangiliklar

SHunchaki AJOYIB! Bor bo'lgin o'zbegim! Akciyadan xabar qilamiz!

Bugun "Sayyod.com" sayti tomonidan "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan "Gemotologiya" instituti qoshidagi "leykemiya" bilan og'riganlar shifoxonasidagi bemor bolalar uchun bayram tadbiri o'tkazildi.
Mazkur tadbir haqida saytimizda elon berganimizdan so'ng unda ishtirok etishni bildirgan klublar bo'ldi.





"Nasaf" va "Qo'qon-1912" vakillari...


Natijada biz ham futbolchilarimiz bilan birga "leykemiya" kasaliga chalingan bolalar uchun bag'ishlangan tadbirda qatnashib qaytdik. To'g'risi, tadbir bunday ajoyib o'tadi deb o'ylamagandik. Saytdagi xabarni o'qib, "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Nasaf", "Paxtakor", "Qo'qon-1912" va "Olmaliq" jamoasi azolari bugun bemorlarga o'z xayriyalarini taqdim etdilar. Jami 10 000 000 so'mga yaqin bo'lgan (pul, dori-darmon, sovg'a-salom) xayriya oz bo'lsa-da, kasal uka va singillarimizga yordam bo'ladi deb o'ylaymiz.




Temur Kapadze bemorlarga tezroq sog'ayib ketishlariga tilak bildiryapti. Kapadze nafaqat zo'r futbolchi bo'la oldi, balki hayotda ham zo'r insondir...


Tadbirda ishtirok etganlari uchun "Lokomotiv"dan Bosh direktor o'rinbosari To'labek Akramov, klub matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov, futbolchilar - Temur Kapadze, Salim Mustafoev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Ikrom Aliboev, Marat Bikmaev;




Xonanda Ozoda Nursaidova futbolchilarimizga "faxrli inson" brasletlaridan beryapti...


"Bunyodkor"dan Akbar To'raev va Temur Ayupov;

"Nasaf"dan Oleg, "Qo'qon-1912"dan Murojiddinxon;

"Olmaliq"dan G'ulom O'runov, SHavkat Salomov hamda Kamoliddin Murzoev;




Bular "Paxtakor"dan...


"Paxtakor" vakillari - direktor Rustam Kupaysinov, Nodir Abduqodirov, Behzod Nazarov;

SHuningdek, "Bunyodkor" vice-prezidenti Baxtiyor Boboev va do'stimiz Bahodir Mirzaev;

"Nasaf" rahbari SHamil Yarulin va matbuot kotibi Aziz Nuriyga;

"Qo'qon-1912"dan Baxtiyor Tolipov va Islombekka; 

"Paxtakor" vice-prezidenti Samvel Babayanga.

Barcha-barchangizga rahmat! 




Esdalik uchun kim suratga tushishni istamaydi deysiz?


Batafsil ertangi foto va videomaqolada tanishib olasiz.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика