So’nggi yangiliklar

21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:25АПЛ. "Манчестер Сити" - "Ливерпуль" 0:1 (матнли трансляция)  94 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  2 20:48"Бавария" — "Айнтрахт". Таркиблар маълум  0 20:32"Бани Яс" — "Ал Ваҳда". Эркинов захирада  0 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  5 19:17U-20 Осиё кубоги. Корея Республикаси пенальтилар сериясида Ўзбекистонни мағлуб этиб, ярим финал ва жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  416 19:15"Реал" — "Жирона". Мадриддаги ўйин учун таркиблар маълум  56 18:31А Серия. "Наполи" меҳмонда "Комо"га мағлуб бўлди ва биринчи ўринга қайтиш имкониятидан фойдалана олмади  7 18:25Рафаэл Леау Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 17:58"Арсенал" Мойзе Кинни 52 млн еврога харид қилиши мумкин  2 17:21АПЛнинг икки гранди де Йонгнинг трансфери бўйича "Барселона" билан боғланди  3 16:55Ўртоқлик ўйини. "Нефтчи" Молдова жамоасини мағлуб этди  5 16:04U-20 Осиё кубоги. Япония пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, ярим финалга ва ЖЧга йўлланма олди!  11

SHuhrat Toshpo'latov: "Har qanday holatda ham biz Ro'ziqul Berdievni himoya qilamiz" Yangiliklar

SHuhrat Toshpo'latov: "Har qanday holatda ham biz Ro'ziqul Berdievni himoya qilamiz"

O'zbekiston Kubogi 1/4 finali doirasida "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin "Nasaf" yordamchi murabbiyi SHuhrat Toshpo'latov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Avvalambor, o'zbek xalqini mustaqillik bayrami bilan tabriklayman. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, "Lokomotiv" birinchi bahsda ham bugun ham ko'proq himoyalandi. Qarshi hujumlarni kutib o'ynadi. Bu g'alaba biz uchun muhim edi. CHunki uch uy o'yinimizda g'alaba qozona olmayotgandik. Bugungi g'alaba yigitlarga ham ruxiy dalda bo'ldi. "Nasaf" muxlislarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman.

- Legioner futbolchi bugun maydonga tushmadi.

- 2-3 kun oldin u jarohat olgandi. SHu sababli u hozir tiklanish jarayonida. Albatta, keyingi o'yinlarda u maydonga tushib, jamoaga yordam berishiga umid qilaman.

- "Nasaf" o'yinni 5 himoyachi bilan boshladi. Bundan maqsad nima?

- Bilasiz, Kubok bosqichlari faqatgina bir o'yindan iborat. O'yin davomida taktikani, sxemani o'zgartirish ham qandaydir manoda xavfli. SHu sababli reja bo'yicha ishlashimiz, tezkor gol urishimiz kerak edi. Bu borada mashg'ulotlarda juda ko'p ishladik, ayniqsa standart vaziyatlarni. Rejamizga asosan gol urdik. Raqibni hujumga o'tishini ham kutdik. Ular hujumga o'tmasa, bo'sh xududlar ham bo'lmasdi. SHuning uchun rejani o'zgartirmadik va 5 himoyachi bilan o'ynayverdik. Extiyot bo'lib o'ynab, himoyani yaxshi ushladik.

- "Nasaf"ga yarim finalda qaysi jamoa tushishini istaysiz?

- Bilmadim. Istalgan raqib bilan o'ynashga tayyormiz. O'tgan yildagi reja kabi kubokni sohibi bo'lishni istaymiz.

- Kubok va Superliga farqi haqida nima deysiz?

- Kubok o'yinlari bir o'yindan iborat. CHempionatda esa o'yin ko'proq. Qaerdadir yutasiz, qaerdadir ochko yo'qotasiz. O'rnini qoplash mumkin. Kubokda yutqazib, boshqa o'ynamaysiz.

- Bugungi g'alaba keyingilariga tasir qiladimi?

- Albatta! Uch o'yindan buyon gol ura olmayotgandik. Bu bizga ruxan katta dalda bo'ldi. O'zingiz bilasiz, muxlislarimiz bizdan doimo g'alaba istashadi. SHu pallada ularga bir gap aytmoqchiman: biz bilan bo'linglar, bizni qo'llab-quvvatlanglar. Sabr qilib kutinglar. Qo'limizdan kelganicha barcha ishni qilyapmiz.

- "Nasaf" o'yinga tayyorlanish chog'ida standartlar borasida ko'p ishladi deb aytdingiz. Lekin "Lokomotiv" darvozaboni himoyachisidan kelgan to'pni ushlab olganidan keyingi erkin zarba berishdan "Nasaf" juda soddalik bilan foydalandi.

- Bunday vaziyatlar endi futbolchilarga havola. Ularning o'zlari sheriklariga qanday pas oshirishlari kerakligini bilishlari kerak. Bunday vaziyat bo'lishini hech kim kutmagandi. SHuning uchun yigitlarga sovuqqonlik etishmadi deb o'ylayman.

- SHarof Muhiddinov maydonga kech tushmadimi?

- Bu erda barchaning maqsadi bir. Hali keyingi o'yinlarda ham g'alabalar kerak. SHu sababli kichik rotaciya qildik. Yigitlar yaxshi o'yin namoyish qilishdi. CHarchoq paydo bo'lganidan keyin kuchga to'la futbolchini maydonga tushirdik.

- Bugun ham markaz juda bo'sh o'ynadi. Akmal Mozgovoyning o'yinida pasayish bor. Uzoqdan zarba orqali gollar ham kamayib ketdi. Bir yaxshi futbolchi bor, Rahmatov hali ham tayyor emasmi?

- Bugun bizga unday ko'rinmadi. Akmal ham Marko ham yaxshi o'ynadi. Ha, bazida ular poziciyada yutqazgan bo'lishi mumkin, ammo ular bugun yaxshi harakat qilishdi. Rahmatovga keladigan bo'lsak, u asta-sekinlik bilan tiklanmoqda. U jiddiy jarohat olgandi. Bugun mana qaydnomaga kiritdik. Keyingi o'yinlarda uning tayyorgarlik darajasiga qarab maydonga tushiramiz.

- Ro'ziqul Berdiev atrofida gaplar ko'payib ketdi. Uning hozirgi kayfiyati qanday?

- Uning kayfiyati zo'r. U mashg'ulotlarda ham jamoa bilan birga. Har qanday holatda ham uni qo'llab-quvvatlaymiz.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика