So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  3 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

SHuhrat Rahmonqulov: FIFA hakami bo'lishim mumkin edi, lekin… Yangiliklar

SHuhrat Rahmonqulov: FIFA hakami bo'lishim mumkin edi, lekin…

SHonli Paxtakor jamoasida to'p surish baxtiga muyassar bo'lgan futbolchilardan biri SHuhrat Rahmonqulovdir.

Farg'ona viloyatining Bag'dod tumanida dunyoga kelib, katta futbolga qadam qo'ygan SHuhrat aka 2001 yilgi mavsumda sherlar sharafini himoya qilgan. O'sha mavsum u poytaxtliklar safida 15ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol urgandi. Paxtakor yakunda 72 ochko jamg'arib, chempionat kumush medallarini qo'lga kiritgan bo'lsa, chempionlik 84 ochko to'plagan Neftchiga nasib qilgandi. Rahmonqulov aynan 2001 yili poytaxtliklar safida mamlakat kubogi sohibiga aylangandi. Ungacha MHSK tarkibida kumush, bronza hamda oltin medallarga sazovor bo'lgan. Harbiylarga chempionlikni taqdim etgan 1997 yili u 25ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta golga mualliflik qilgan. 1998-1999 yilgi mavsumlarda esa Navbahor safida to'p surib, qatorasiga ikki bor bronza medallarini qo'lga kiritdi. Yarim himoyadagi mazmunli o'yinlari bilan tanilgan Rahmonqulov futbolchilik faoliyatini 2005 yili Samarqandning Dinamo klubida yakunladi. SHundan so'ng Paxtakor jamoasida qator lavozimlarda mehnat qildi. Bugungi kunda SHuhrat aka Paxtakor akademiyasi qoshidagi 16-Bolalar va o'smirlar futbol maktabida direktor lavozimida ishlayapti. Yaqinda biz SHuhrat Rahmonqulov bilan dildan suhbatlashdik.

- SHuhrat aka, sizga Paxtakor libosida maydonga tushish baxti nasib etgan. Keling, suhbatimiz avvalida ana shu shonli jamoa tarkibida o'tkazgan o'yinlaringizni eslasak.


- Paxtakor safiga 2001 yili kelib qo'shildim. Viktor Jalilovning taklifidan so'ng jamoa bilan shartnoma imzoladim. O'sha kezlari tarkibda tajribali Igor SHkvirin, shuningdek, Nematulla Quttiboev, Anvar Soliev, Leonid Koshelev, Sobir Xodiev, Muxtor Qurbonov, Qayrat O'taboev, Oleg Belyakov kabi futbolchilar to'p surishardi. Ushbu mavsum 15ta o'yinda maydonga tushib, 3ta to'p kiritganman. Undan avval esa mamlakatimizning ko'plab jamoalarida o'ynadim. Baribir, Paxtakor libosida maydonga tushish boshqacha ekan. Futbolga kirib kelgan yillarim bu klub tarkibida to'p surishni hamma orzu qilardi. Menga ham ana shunday baxt nasib etganidan xursandman.

- Butsalarni mixga ilganingizdan keyin ham shu klub tizimida ishladingiz...


- Albatta, futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng o'zimni futboldan boshqa sohada tasavvur qila olmasligim sabab, murabbiylikni boshladim. O'sha payt milliy termamizning hozirgi bosh murabbiyi Samvel Babayan Paxtakorga ishga taklif qildi. Aniqrog'i, akademiyaning 1998 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoasiga ustozlik qila boshladim. Keyinroq 1995 yilgi tarkibni qabul qilib oldim. Ochig'ini aytaman, bolalar bilan ishlash men o'ylagandan ham qiyin ekan. SHu bois, 2012 yildan Paxtakor-2ga jamoa boshlig'i bo'lib ishga o'tdim va bugungi kungacha shu lavozimda ishlab kelyapman. O'z navbatida, Paxtakor klubiga tegishli 16-Bolalar va o'smirlar futbol maktabidagi faoliyatim ham davom etyapti.

- Bolalar bilan ishlash murakkab ekan, deyapsiz. O'shanda futbolchilik davringizni ham esladingizmi? Murabbiylarga qanchalik qiyin bo'lganini anglab etdingizmi?


- Albatta, murabbiylarimni birma-bir esladim. To'g'risi, o'sha payt bu darajada qiyin bo'lishini bilmaganman. Murabbiylik oson kasb, deb o'ylardim. Boshga tushgandan keyin qanchalik murakkab va mashaqqatli kasb ekanligini tushunib etdim. Aksariyat ota-onalar o'z farzandlarining mashhur futbolchi sifatida kamol topishini xohlashadi, lekin hamma ham sportning bu turida o'z o'rniga ega bo'lavermaydi. SHunday pallalarda murabbiylarga katta masuliyat yuklanadi. Murabbiy psixolog, pedagog ham bo'lishi kerak. Bolaga futboldan tashqari hayotda qanday inson bo'lish kerakligini o'rgatishi lozim. SHundan kelib chiqib aytsam, hamma ham murabbiylik qilavermaydi.

- Futbol maktabiga kelgan bolaning layoqati bor-yo'qligini qancha muddatda bilib olish mumkin?


- Birinchi navbatda, bolada Yaratgandan berilgan iqtidor bo'lishi kerak. Majburlab futbolchi tayyorlab bo'lmaydi. To'p tepishni hamma biladi. Lekin uning o'ziga yarasha talablari bor. To'p bilan qanday muomala qiladi, tez fikrlab, qaror chiqara oladimi, texnikasi kuchlimi, hamma-hamma jihatlariga etibor qaratiladi.

- SHaxsan o'zingizda bu sport turiga qiziqish qanday paydo bo'lgan? Rahmonqulovlar xonadonida sizdan boshqa sportchilar ham bormidi?


- Oilamizda sportchilar yo'q edi. Lekin rahmatli otam futbolni juda ham yaxshi ko'rardilar. Aslida, men tug'ilib o'sgan vodiy, xususan, Bag'dodda futbolni sevmaydigan insonning o'zi yo'q (kuladi). 3-4 yoshimda dadam bilan birga yarim kechagacha televizorda Paxtakorning o'yinlarini ko'rar ekanman. Oradan bir-ikki yil o'tganidan keyin otam mendagi qiziqishni payqab, O'g'lim, endi seni futbol maktabiga olib boraman, dedilar. Qo'limdan etaklab, Bag'dod tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabiga olib bordilar. Millionlar o'yinining ilk sir-asrorlarini birinchi murabbiyim - rahmatli Hakim aka Namozovdan o'rgana boshladim. 1989 yili Namanganning Navbahor jamoasiga qabul qilindim. 18 yoshimda ilk professional shartnomamni imzoladim. O'sha yili jamoa tarkibida 13ta uchrashuvda maydonga tushdim. 1991 yili o'zim tug'ilib o'sgan tuman jamoasi - Bag'dodchiga o'tdim. Bir yil mobaynida 43ta o'yinda 18ta gol urdim. 1992-1993 yillar mavsumini Qo'qonning Temiryo'lchi jamoasida o'tkazdim. 1994 yili Toshkentga kelib, MHSK bilan shartnoma tuzdim. SHu tariqa, professional futbolchilik faoliyatim davom etdi.

- Qo'qon futboli haqida so'z ochildi. Bu zamin o'zbek futboliga tamal toshini qo'ygan. Qo'qondan, umuman, vodiydan ko'plab mashhur futbolchilar etishib chiqishgan. Bugungi kunda ular murabbiylik faoliyatlarini olib borishyapti. Do'stlaringiz bilan ko'rishib turasizmi?


- Albatta. Deyarli bir paytda futbolga kirib kelgan do'stlarim No'mon Hasanov, Rustam Abdullaev bilan deyarli har hafta uchrashamiz. Ular bilan tengqurmiz. Bir oyda bir marta choyxonamiz ham bor. Oilaviy bordi-keldi qilamiz. Baxtiyor Ashurmatov va Muxtor Qurbonov esa bizdan biroz keyin futbolga kirib kelishgan. Hozir nomlari sanab o'tilgan futbolchilar bugungi darajalariga katta mashaqqat va zahmat evaziga erishishgan.

- SHuhrat aka, murabbiylikdan tashqari o'zingizni hakamlikda ham sinab ko'rgansiz. Xo'sh, nega bu sohadagi faoliyatingizni davom ettirmadingiz?


- Negadir o'sha payt hakamlikka ham qiziqib qoldim. Mendan referi chiqarmikan, yo'qmi, deb o'zimni sinab ko'rishga qaror qildim. Aytish joiz, hakamlik murabbiylikdan ham qiyin soha ekan. Bitta hushtak butun o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. Juda ham etiborli bo'lish kerak. Har bir epizodni o'qiy bilish lozim. Qolaversa, eng muhim talablardan biri - o'yinlarga tayinlanayotgan hakam futbol o'ynagan bo'lishi darkor. Aks holda, maydondagi futbolchilarni tushunish qiyin kechadi. Nazarimda, hakamlikdagi qisqa faoliyatim yomon chiqmadi. Birinchi liga o'yinlarini boshqardim. Lekin hakamlikni kechroq boshlaganim pand berdi. Yosh baribir, o'z so'zini ayta boshladi. O'sha payt 38 yosh bo'lishimga qaramay, orzularim ulkan edi. FIFA hakamligiga imtihon topshirishni rejalashtirgandim. Lekin bu rejalarim amalga oshmay qoldi. Aksincha, sohadagi faoliyatimni yakunlashga majbur bo'ldim. Bu haqda juda ko'p o'yladim va yakunda hakamlikni tugatishga qaror qildim. FIFA referisi bo'lishning o'ziga yarasha talablari bor. Oliy ligada kamida 50-60ta uchrashuvda ishlagan, shuningdek, xalqaro o'yinlarni boshqargan bo'lishingiz lozim. Bularning hammasini taroziga qo'yib, hakamlikdan ketishga majbur bo'ldim.

- SHu darajaga etishingizda ustoz va murabbiylaringizning o'rni katta. Ular haqida ham malumot bersangiz.


- Albatta, o'zimcha shunday bo'lib qolmaganman. Bunda murabbiylarimning ulushlari beqiyos. Yuqorida aytganimdek, futboldagi ilk murabbiyim rahmatli Hakim aka Namozov Bag'doddagi futbol maktabida millionlar o'yinidagi dastlabki saboqlarni berganlar. 1985 yili Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejiga o'qishga kirdim. Turli yillarda mazkur o'quv dargohida o'zbek futboli darg'alari o'qishgan. Bu erda futboldagi saboqlarni Viktor Jalilov qo'l ostida olishni davom ettirdim. Aytish mumkin, Viktor Romanovichning hozirgi darajaga etishimda xizmatlari katta bo'lgan. Bundan tashqari, o'sha kezlari viloyat jamoalari bir-birlari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishar, ittifoqo, meni ham Farg'ona viloyati jamoasiga taklif qilishgandi. Jamoamiz tarkibidan No'mon Hasanov, Narimon Osmonov, Vitaliy Avanesov, Rustam Abdullaev, Azamat Ashurmatov kabi futbolchilar joy olishgan. Bu jamoaga tajribali Bahrom Hakimov murabbiylik qilganlar. Tabir joiz bo'lsa, vodiylik juda ko'p futbolchilarning yaxshi natijalarga erishishiga Bahrom akaning mehnatlari singan. SHu jumladan, men ham ushbu mutaxassisdan juda ko'p narsa o'rganganman. Fursatdan foydalanib, barcha murabbiylarimga rahmat aytaman, boshim erga tekkunicha tazim qilaman.

- Xalqimizda Ot izini toy bosadi, Olmaning tagiga olma tushadi, degan gaplar bor. So'ramoqchi bo'lganim, bugungi kunda Rahmonqulovlar xonadonida futbol davomchilari bormi?


- Ikki o'g'lim ham futbolga mehr qo'yishdi...


Intervyuning to'liq qismini InterFutbol gazetasi saytida o'qish mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика