So’nggi yangiliklar

12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  2 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  6

SHuhrat Qurbonov: "Sizda noto'g'ri malumot. Bizda bosh murabbiy bor" Yangiliklar

SHuhrat Qurbonov: "Sizda noto'g'ri malumot. Bizda bosh murabbiy bor"

Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Do'stlik" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Qurbonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Biz uchun og'ir o'yin bo'ldi. "SHo'rtan" yaxshi jamoa ekan. Bizda qizil kartochka bo'lib qoldi. SHu ham o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi deb o'ylayman.

- Birinchi gol ijtimoiy tarmoqlarda super gol sifatida baholanayapti. Bu vaziyatda darvozabonning aybi bormi yoki himoyachilar xato qildimi?

- Bu vaziyatda bir kishini ayblash noto'g'ri. Hujumchi noto'g'ri joy tanlab to'pni ololmay qoldi. Darvozabon bunaqa zarbani kutmagandi. Har doim vaziyatlarga tayyor turish kerak. Bu gol uchun aniq kimdir aybdor demagan bo'lardim.

- Darvozabon Jamoliddin Hikmatov qizil kartochka olgach, nimalarni o'zgartirishga majbur bo'ldingiz?

- Bir kishi kam bo'lib qolgach, raqibda hujum qilish uchun ko'proq bo'sh xududlar paydo bo'ldi. Hisobni tenglashtirish uchun oldinga o'tdik, lekin bir kishi kam bo'lganimiz baribir o'z tasirini ko'rsatdi.

- "Do'stlik"da bosh murabbiy masalasi qachon hal bo'ladi?

- Sizda noto'g'ri malumot. Bizda bosh murabbiy bor. Oilaviy sabab tufayli safar o'yinlariga hozircha kela olmayapti.

- "Do'stlik"ning salbiy natijalariga nima sabab deb o'ylaysiz?

- O'tgan turda ham aytib o'tgandim, bizning mashg'ulotlar suniy qoplamali maydonda kechayapti. SHu sabab bo'lishi ham mumkin. Murabbiylar shtabi mag'lubiyatli o'yinlardan keyin futbolchilarga ishonch va ruhiyat berishga harakat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика