

O'yin haqida
- Biz uchun og'ir o'yin bo'ldi. "Sho'rtan" yaxshi jamoa ekan. Bizda qizil kartochka bo'lib qoldi. Shu ham o'yin natijasiga ta’sir ko'rsatdi deb o'ylayman.
- Birinchi gol ijtimoiy tarmoqlarda super gol sifatida baholanayapti. Bu vaziyatda darvozabonning aybi bormi yoki himoyachilar xato qildimi?
- Bu vaziyatda bir kishini ayblash noto'g'ri. Hujumchi noto'g'ri joy tanlab to'pni ololmay qoldi. Darvozabon bunaqa zarbani kutmagandi. Har doim vaziyatlarga tayyor turish kerak. Bu gol uchun aniq kimdir aybdor demagan bo'lardim.
- Darvozabon Jamoliddin Hikmatov qizil kartochka olgach, nimalarni o'zgartirishga majbur bo'ldingiz?
- Bir kishi kam bo'lib qolgach, raqibda hujum qilish uchun ko'proq bo'sh xududlar paydo bo'ldi. Hisobni tenglashtirish uchun oldinga o'tdik, lekin bir kishi kam bo'lganimiz baribir o'z ta’sirini ko'rsatdi.

- "Do'stlik"da bosh murabbiy masalasi qachon hal bo'ladi?
- Sizda noto'g'ri ma'lumot. Bizda bosh murabbiy bor. Oilaviy sabab tufayli safar o'yinlariga hozircha kela olmayapti.
- "Do'stlik"ning salbiy natijalariga nima sabab deb o'ylaysiz?
- O'tgan turda ham aytib o'tgandim, bizning mashg'ulotlar sun'iy qoplamali maydonda kechayapti. Shu sabab bo'lishi ham mumkin. Murabbiylar shtabi mag'lubiyatli o'yinlardan keyin futbolchilarga ishonch va ruhiyat berishga harakat qilamiz.



