SHuhrat Muhammadiev 1 yildan so'ng yashil maydonga qaytdi!
07 iyu 2020 11:52
Yangiliklar


SHuhrat Muhammadiev 1 yildan so'ng yashil maydonga qaytdi!
"Lokomotiv" kecha AGMK jamoasiga qarshi o'tkazgan sinov-nazorat o'yinida himoyachi SHuhrat Muhammadiev ham ishtirok etdi.
Qayd etish kerak, Muhammadiev o'tgan yilning 26 may kunida Qarshida "Nasaf" (0:1) jamoasiga qarshi o'yinning 31-daqiqasida raqib jarima maydonchasi ichida to'p uchun kurashda erga qaltis yiqilishi natijasida, o'ng oyoq kichik boldirining pastki uchdan bir qismi yopiq sinib, joyidan siljishi va ushbu tovonning yarim chiqishi tashxisi bilan jarohat olgandi. Muhammadievning maydonga qaytishi uchun 1 yil-u 10 kun vaqt kerak bo'ldi.
Endi futbolchi ushbu mavsumda barcha o'yinlarda qatnasha oladi.
"Nasaf" bilan o'yin paytida shifoxonaga olib ketilgan Muhammadievning oyog'i sindi
FOTO "Lokomotiv" azolari Muhammadievning holidan xabar olgani borishdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar