So’nggi yangiliklar

13:20"Манчестер Юнайтед" Маунтни сотишга тайёр  0 12:55ПСЖ йирик трансферга қўл уришга яқин  1 12:39Қирғизистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Ўзимиз йўл қўйган хатоларимиз сабабли мағлуб бўлдик. Осиё кубогида Японияни мағлуб этганимиздан сўнг босимни ҳис қилдик"  0 12:17"Барселона" Уильямснинг товон пулини фаоллаштиришга тайёр  0 11:48Феликс "Бенфика"га қайтиши мумкин?!  0 11:20"Реал" ўйинчилари ва ходимлари Мбаппенинг ўзини тутишидан ҳайрон  2 10:51Карло Анчелотти «Реал»да Килиан Мбаппедан қайси чизиқда ўйнаши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 10:21Ҳусниддин Нишонов: "Ҳозир фақатгина жисмоний ҳолатимиз ва ҳимоямизни яхшилаш ҳақида ўйламоқдамиз"  1 10:16Нишоновнинг бенефисига айланган Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0 09:55«Зенит» тарбияланувчиси «Қизилқум» кўригидан ўтмоқда  0 09:28«Ланс» «Челси»дан марказий ҳимоячи олиб келмоқда  3 09:00ТОП-10 да фақат «Бавария» футболчилари. Бундеслигада энг кўп ҳақ олувчи футболчилар маълум  1 08:33«Қўқон-1912» сафига жорий мавсумни «Сурхон» ва «Динамо»да бошлаган футболчилар келиб қўшилди  2 08:10Хосе Венансио Лопес: "Ҳали ҳамон хатоларга йўл қўймоқдамиз. Жаҳон чемпионатига қадар ушбу вазиятни тўғирлашимиз керак"  2 07:40Аҳрол Рисқуллаев узоқ муддатли танаффусдан сўнг майдонга қайтди  3

SHuhrat Maqsudov: "Yosh futbolchilarga ikki oy davomida o'zlariga ishonishlarini, hech kimdan kam emasliklarini uqtirdim" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Yosh futbolchilarga ikki oy davomida o'zlariga ishonishlarini, hech kimdan kam emasliklarini uqtirdim"

Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalambor, futbol muxlislarini 2022 yilgi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Opa-singil va onalarimizni bayramlari bilan qutlayman. Bugun qiyin o'yin bo'lishi aniq edi. Har holda chempionatning ilk o'yini. "So'g'diyona"ni qanday jamoa ekanligini bilamiz. Muxlislarga o'yin yoqdi deb o'ylayman. Fursatdan foydalanib, futbolchilarimga borini berib o'ynaganliklari uchun yana bir bor rahmat", – dedi SHuhrat Maqsudov. 

-  Jahongir O'rozov, Mahmud Mahammadjonov yaxshi taassurot qoldirishdi. Lekin yakuniy keskin pasni berishda ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi. Buni nima bilan izohlaysiz?

- Bu futbolchilar Superligada debyut qilishdi. Hayajon bo'lishi oddiy hol. Futbolchilar bilan ikki oy ichida o'ziga ishonishlarini, hech kimdan kam emasliklarini quloqlariga quydim. Homiyimiz Turkiyada yig'in o'tkazishga yordam berdi. Xorij yig'inida yoshlar o'zlariga ishonch olishdi. Ular terma jamoalarda ham o'zlarini ko'rsatishadi. Tayyor futbolchi olishdan ko'ra akademiyaga murojaat qilishni lozim topdik. 

- O'z vaqtida hujumchi bo'lgansiz. Nima uchundir hozir hujumchilarga tajovvuzkorlik etishmayotgandek...

- Nafaqat "Bunyodkor"da, boshqa jamoalarda hujumchilar bilan bog'liq muammolar bo'lyapti. Izlanishda davom etamiz. 

- "Bunyodkor" jamoasining asosini yosh futbolchilar tashkil qilmoqda. Yosh jamoalarda doimo bitta muammo kuzatiladi – barqarorlik etishmasligi. Mazkur muammoni qanday echmoqchisiz? 

- To'g'ri takidladingiz. Futbol ichidagi insonligingiz sezildi. Biz ham buni bilyapmiz. Yosh futbolchilarda beqarorlik bo'lishi tabiiy. Vaqt o'tgani sari o'z yo'liga tushadi. Katta jamoalarda ham barqarorlik etishmaydi. 

- Ibrohim Tomiva qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarining katta qismini asosiy jamoa bilan o'tkazmadi. Bugun asosiy tarkibga tushirishdan avval bu holat sizni tashvishlantirmadimi?

 - Garchi biz bilan birga xorij yig'inida qatnasha olmagan bo'lsa-da, o'rinbosarlar safida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Sport formasi yaxshiligi ko'rindi. Turkiyadaligimizda ham Tomiva bilan aloqada bo'lib turdik.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика