Rasman: "Qo'qon-1912" "Andijon"ga qarshi o'yinni o'z maydonida o'tkazadi
03 mar 11:25
Yangiliklar


Rasman: "Qo'qon-1912" "Andijon"ga qarshi o'yinni o'z maydonida o'tkazadi
Ayni vaqtda maydon futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor.
Biroq stadion yoritish tizimi, maydon atrofiga yozilishi kerak bo'lgan qoplama masalasida ish kechikkanidan kelib chiqib, Liga "Qo'qon-1912" stadionini Superliga uchun qabul qilmagandi. Fevral oyi davomida klub rahbariyati mazkur masalalarni hal qilishga erishdi. Shundan kelib chiqib, Liga stadionni Superliga bellashuvlari uchun ro'yxatdan o'tkazdi.
Malumot uchun, "Qo'qon-1912" Superligaga qura tashlash marosimi oldidan majburiy ravishda Farg'onadagi "Istiqlol" stadionini ro'yxatdan o'tkazgan bo'lib, mazkur holat Liga xavotiriga sabab bo'layotgandi. Boisi, "Istiqlol" stadionida "Neftchi" va "FarDU" jamoalarining to'p tepishi avvaldan rejalashtirilgan bo'lib, "Qo'qon-1912" klubi oldiga Superliga 3-turiga qadar stadiondan chiqib ketish talabi qo'yilgandi. Qo'qon shahridagi stadionning ochilishi esa "Istiqlol" stadioniga tushadigan zo'riqishni normallashtiradi.
Superliga 1-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Andijon" uchrashuvi 8 mart kuni 19:30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar