So’nggi yangiliklar

21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  49 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  8 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

SHuhrat Maqsudov: "Tayyor futbolchilar bilan natija qilishni istardim. Yoshlarni biz o'ynatmasak yo'qolib ketadi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Tayyor futbolchilar bilan natija qilishni istardim. Yoshlarni biz o'ynatmasak yo'qolib ketadi"

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi SHuhrat Maqsudov matbuot anjumanida qatnashdi.




"Avvalambor assalomu aleykum. Namanganda o'yin shunday keskin o'tadi. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi jamoaning asosiy yutuqlaridan biri. Bugun ham 27 mingga yaqin ishqiboz tashrif buyurdi. O'yin durangga mos edi. Futbolchilarimga rahmat aytdim. To'g'ri yosh futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'ydi. Lekin shu orqali ular o'sishga erishadi. Ertangi kunga yaxshi tajriba orttirishmoqda.

- Jamoa yomon o'yin ko'rsatmadi. Mag'lubiyatga loyiq emasdi. Lekin tarkibda etakchi etishmayotgandek ko'rinmoqda. Davralar oralig'ida o'yinni qo'lga oladigan futbolchi olish maqsadi qo'yilganmi?

- To'g'risi hozircha bunday maqsadimiz yo'q. Biz mavsum boshida maqsad qo'yganmiz. Bosh homiyimiz bizga to'g'ri yo'l ko'rsatganlar. Akademiyamiz Markaziy Osiyodagi eng yaxshisi. Ularni biz o'ynatmasak yo'qolib ketadi-ku. O'zbekistonga ham zarar. Hamma murabbiy ham bunga qo'l urmaydi. Men ham tayyor futbolchi olib natija ko'rsatishni istardim. Homiyimiz bildirgan ishonchni oqlamoqdamiz. Biz to'g'ri yo'nalishdamiz. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat birga yuradi. Buni to'g'ri tushunishimiz kerak. Bolalarni kelajagi bor. Faqat sabr, vaqt va ishonch kerak.

- "Navbahor" o'rinbosarlarida to'purar bo'lgan Xusayn Ergashboev nima uchundir "Bunyodkor"da ko'rinmayapti...

- U jamoada. Doim 18talik ro'yxatga kirmoqda. So'nggi o'yinlarda jarohat olgandi. Bu erda nima uchun o'ynab keta olmaganini bilmayman.

- Birinchi savolim hakamlik haqida. Ularning harakatidan qoniqdingizmi? Ikkinchi savolim "Navbahor"ning joriy yildagi salohiyatini qanday baholaysiz?

- Dastlabki savolingizga javob berishni istamasdim. CHunki mening zimmamdagi ish emas. Albatta bunday sharoit, futbolchilar, muxlislar bilan klub oldiga yuqori maqsad qo'yiladi. Maqsadsiz hayotni qizig'i yo'q. "Navbahor" shunday tarkib bilan chempionlik uchun kurashmasa uyat bo'lar

- O'tgan o'yindan so'ng muxlislar istefo haqida yozishdi. Fikrlar bildirishdi...

- O'yin haqida savol bo'lsa marhamat. Men o'qimayman ham. Qizig'i yo'q ochig'i.

- "Olimpik" bilan o'yindagi yirik hisobdagi mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarni qanday ruhlantirdingiz?

- Bunday o'yinlar bo'lib turadi. Haqiqiy futbol ichidagi inson, vijdoni bor inson to'g'ri tushunadi. "Manchester Siti" ham yutqazdi. Braziliya paytida 1:7ga mag'lub bo'lgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика