So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  5 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  2 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  10 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  15 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

SHuhrat Maqsudov: "Kimgadir shu narsa kerakki, gap-so'z tarqatyapti" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Kimgadir shu narsa kerakki, gap-so'z tarqatyapti"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi o'z qarorgohida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Jamoa azolari bugun "Metallurg"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Biz mazkur o'yin oldidan "Bunyodkor" bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- Jamoaning natijalari, turnir jadvalida egallab turgan o'rni yaxshi emas...

- Yosh futbolchilarimiz o'yinni yaxshi olib borishmoqda. Qaysidir o'yinlarda omad etishmayapti. Gohida to'p darvozaga kirishni istamayapti. O'tgan turlarni yomon o'tkazdik, demagan bo'lardim. Fursatdan foydalanib "Bunyodkor" klubi rahbariyati va bosh homiyimizga, hamda muxlislarga bizga ishonch bildirayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Superligadagi tanaffus bu - ko'pga kelgan to'y.

- Oldinda terma jamoamizni masuliyatli uchrashuvlar kutmoqda. Baribir istaymizmi yo'qmi asosiy raqib Saudiya Arabistoni. 2015 yil Osiyo kubogida Mirjalol Qosimovning murabbiylar shtabida bu terma jamoaga qarshi bahsda ishtirok etgansiz. Demak ularning kuchi va imkoniyatlaridan xabadorsiz...
- Ushbu bahsdan so'ng oradan 6 yil o'tdi. Ko'p narsa o'zgardi. Lekin Saudiya Arabistoni jiddiy bo'lib qolgan. Terma jamoamizga omad tilab qolaman. Murabbiylar shtabidan tortib, futbolchilargacha yurtimizga yorug' yuz bilan qaytishlarini chin dildan tilayman. O'ylaymanki, hammasi yaxshi bo'ladi.

- So'nggi paytlarda siz tomoningizga bo'layotgan tanqidlarga munosabatingiz...
- Kimgadir shu narsa kerakki, gap so'z tarqatyapti. SHu paytgacha nechta tur o'tgan bo'lsa, muxlislar yoki hakamlar bilan tortishganim yo'q. Qaerdan bunday gaplar chiqyapti hayronman. Afsuski, shunday odamlar bor. Insof bersin, deb qolaman.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика