So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  156 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  135 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

SHuhrat Maqsudov: "Durangdan qoniqdik" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Durangdan qoniqdik"

Superliganing to'rtinchi turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirdi.




- O'yin haqida

-  Avvalo, Oybek Rustamovning bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklayman va eng yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman. O'yinga keladigan bo'lsak, bahs mana shunday o'tishini taxmin qilgan edik. Qo'qonda oson o'yin bo'lmaydi. "Qo'qon-1912" jamoasi hurmatga loyiq jamoa. O'ylaymanki, o'yin muxlislarga yoqdi. Uzoq yo'l bosib kelgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman.

- Bugungi durangdan qoniqdingizmi?   

- Bilasizmi, yuqorida aytib o'tganimdek, Qo'qonda hech bir jamoaga oson bo'lmaydi. O'ylaymanki, albatta, durangdan qoniqdik. Afsuski, qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. 

- Hal qiluvchi zarbalarni yo'llaydigan o'yinchi topilmayapti. Buni ustida ishlanyaptimi? Keyin Ibrohim Tomivaning yo'qligi bilindimi? 

- To'g'ri savol berdingiz. Har bir futbolchining o'z o'rni bor, biroq bir futbolchiga qarab qolish yaxshi emas. Mana bugun Mirjahon Mirahmadov o'ynadi. Menimcha, u o'z vazifasini yaxshi udalladi, ozroq omad kelmadi. 

- Juda ko'p vaziyatlarda hakamlarning qaroridan norozi bo'ldingiz. Ular haqida nima deya olasiz?

- Hakamlar haqida gapirmagan bo'lardim, chunki hakamlarni nazorat qiladigan qo'mita bor. SHu bois hakamlar to'g'risida hech narsa deya olmayman.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика