So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

SHuhrat Maqsudov: "Bitta o'yindan iborat uchrashuvda favorit bo'lmaydi" Yangiliklar

SHuhrat Maqsudov: "Bitta o'yindan iborat uchrashuvda favorit bo'lmaydi"

O'zbekiston kubogi 1/4 final bosqichidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHuhrat Maqsudov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





- O'yin haqida

- Kubok o'yinlari nafaqat O'zbekistonda, boshqa davlatlarda ham shu kabi shiddatli o'tadi. Bitta o'yindan iborat uchrashuvda favorit bo'lmaydi. Bugungi o'yin ko'rsatib berdiki, har doim raqibni hurmat qilmasangiz oqibati yomon bo'lishi mumkin. Birinchi bo'limda yigitlar yaxshi o'yin namoyish etishdi, lekin ikkinchi bo'limda o'yinimiz chiqmadi. Futbol 90 daqiqadan iborat va oxirigacha o'ynash kerak. G'olib muhokama qilinmaydi va yigitlarga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman.

- O'zbekiston U-23 terma jamoasiga "Bunyodkor"dan futbolchi chaqirilmaganmi?

- Yoshlar terma jamoasida "Bunyodkor"dan futbolchilar bor. Faqat biz ularni hozirda boshqa jamoalarga ijaraga berganmiz. "Olimpik" va "Andijon" safidan terma jamoaga jalb etilgan futbolchilar orasida bizning yigitlar ham bor. 

- Hujumlarni yakunlashda muammolar bordek ko'rindi...

- To'g'ri aytdingiz, hujumlarga so'ngi nuqtani qo'yishda kamchiliklarimiz bor. Mirahmadov va Ikromovning jarohati borligi shu chiziqlarda muammolar keltirib chiqaryapti. Bor imkoniyatdan kelib chiqib tarkib tanlayapmiz.

- "Bunyodkor" futbolchilariga mavsum yakunlanmasdanoq takliflar tushayotgani haqida eshitdik. Iqtidorli futbolchilarni jamoada saqlab qolishga harakat qilinyaptimi?

- Biz albatta, buni hohlaymiz. Bu ish faqat mening zimmamdagi vazifa emas, klub rahbariyatiga bu haqda murojaat qilganmiz.

- CHempionatdagi navbatdagi uchrashuvlar haqida nimalarni ayta olasiz?

- Xursand qiladigan tomoni chempionatning qolgan barcha o'yinlarini o'z maydonimizda o'tkazamiz. "Uyda devorlar ham yordam beradi" degani kabi biz ham bir o'yindan maksimal darajada ochko olishga harakat qilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика