So’nggi yangiliklar

15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  0 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   9 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19

"SHu tizim bo'lsa, O'zbekiston hech qachon jahon chempionatiga bormaydi. Itlarni ham bunday maydonga sayrga olib chiqishmaydi". Murabbiylar qo'zg'olon ko'tarishni boshladimi? Yangiliklar

"SHu tizim bo'lsa, O'zbekiston hech qachon jahon chempionatiga bormaydi. Itlarni ham bunday maydonga sayrga olib chiqishmaydi". Murabbiylar qo'zg'olon ko'tarishni boshladimi?

"Andijon" - "Nasaf" uchrashuvi bilan ko'plab mojarolarga va etiroz, hissiyotlarga sabab bo'lgan 23-tur yakuniga etdi.

Qaysidir manoda ushbu tur murabbiylarga bag'ishlandi, desam adashmayman. CHunki aksariyat uchrashuvlardan so'ng ular matbuot anjumanlarida o'z fikrlarini ochiq oydin va bor gaplarini to'kib sochishdi. Men shu narsani kutayotgandim. Bu ayni paytida yuz berdi. Sokinlashib, borgan sari sukunat daryosiga cho'kib borayotgan futbolimizni uyg'otish uchun ham shart va lozim edi. Dastlab "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra, keyin "Paxtakor"dan Piter Xyuistra. Mayli ular xorijlik, gapirib yurtiga ketadi, hech narsa yo'qotmaydi, deya o'zimizni ovutdik. Nihoyat o'zimizning Ro'ziqul Berdiev ham yorildi. Oldingi turda Hamidjon Aktamov hakamlar borasida etirozini bayon qilgandi. Quyida 23-turda bo'lgan ayrim murabbiylarning fikrlaridan iqtiboslarni keltiraman. 

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra "Qo'qon-1912"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng hakamlik va o'zbek futbolining rivojlanishi uchun nima qilish kerakligi haqida gapirdi. Uning fikricha O'zbekiston UEFAga o'tishi kerak. 

"Hafa bo'ladigan tomonim, bu erda yaxshi futbolchilar bor. Biroq mazkur tizim,chempionat, hakamlar, akademiyalar ko'paymasa, UEFAda bo'lmasa, hech qachon Jahon chempionatiga bormaydi. Men omad tilayman. Yurtingizda yaxshi insonlarni ko'rdim. Ammo, shu ketish bo'lsa, cho'kishda davom etadi. Men bor haqiqatni aytaman, tamom" (s) Mikael Sekeyra. 


Bir tur oldin chempionlikni qo'lga kiritgan bu tur "Paxtakor" Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ldi. Tengma-teng kurashlar ostida kechgan bahsda poytaxt klubi mag'lubiyatga uchradi. Jamoaning niderlandiyalik murabbiyi Piter Xyuistra maydon holati borasida juda achchiq fikrlarni bildirdi. Uning gaplari ayni haqiqat. Maydon bilan bog'liq muammo esa kecha yoki bugun paydo bo'lib qolmadi. 

"Maydon juda yomon holatda. Bu shunchaki yomon emas, juda va juda sifatsiz maydon! O'xshatishimiz qo'pol chiqar ammo Niderlandiyada bunday maydonga itlarni ham sayrga olib chiqishmaydi! Muxlislar birinchi va uchinchi o'rindagi jamoalar ishtirokidagi o'yinda chiroyli futbol ko'rmadik deb etiroz bildirishi mumkin, lekin avval maydonga boqish kerak. Sifatli futbol nega bo'lmaganini maydon aytib turibdi. Maydon bo'lmasa hech qachon sifatli futbol va futbolning o'sishi bo'lmaydi! Umid qilamanki bu borada ishlar amalga oshirib boriladi". (s) Piter Xyuistra.

Ro'ziqul Berdiev "Andijon" bilan bahsdan keyin hakamlik va maydon holati borasida etirozli mulohazalarini aytdi. Esingizda bo'lsa, 2019 yilda jamoaning uy maydoning chimi yangilangan, o'shandan so'ng boshqa bunday muammo kuzatilmasligi kutilgandi. Maydon chimini almashganidan so'ng unga parvarish ham kerak-da. Hakamlik haqida ham achchiq gaplarni ham qistirib o'tganini takidlash joiz. 

"Golli vaziyatimizda hakam nima uchun bunday qaror qabul qildi, tushunmadik. Lekin toza golimizdan mahrum qilishdi. Uchrashuv hakami "Andijon" jamoasining g'alabasi uchun ko'p harakat qilishini sezib turgandim. Buni amalda ham ko'rdinglar. Birinchidan haqqoniy golni inobatga olgani yo'q, ikkinchidan penalti yo'q edi. Usmonaliev emas, keyingi o'yinchi o'yindan tashqari holatda qolgandi. Nima uchundir yana qaytadan teptirdi. Bu hakamlarning vijdoniga havola. To'g'risi kecha maydon holatini ko'rib achindim. Maydon yangilanganda birinchi kelib o'ynagandik. Ikki yil ichida bunday holatga tushib qolgani achinarli. SHaroitlarni to'g'irlatishimiz kerak". (s) Ro'ziqul Berdiev.

"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov hamkasbi Mikael Sekeyraning etirozlariga quyidagicha javob berdi. Mutaxassisning afusu bilan VAR ishlatilmaganini takidladi. Vaholanki 12-turda AGMK  bilan bahsdan so'ng o'zbek futbolidan VAR tizimini olib tashlash kerakligini aytgandi. 

"Hakamlar ikkala tomonga ham xato qilishdi, qaysidir jamoaga yon bosdi deb ayta olmayman. Afsuski, bugun VAR ishlatilmadi. G'alabadan keyin hakamlik haqida gapirishim noto'g'ri bo'lsa kerak. Yakuba Bambadan gol urilgan vaqtda to'p qo'linga tegdimi deb so'radim, u to'p yuziga tegib darvozaga kirdi dedi". (s) Baxtiyor Ashurmatov.

Termizda autsayder "Surxon"ga mag'lubiyatga uchragan "Qizilqum" yuqori o'rinlar uchun imkoniyatini kamaytirib yubordi. Matbuot anjumanida navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov kutilmagan mag'lubiyatni shunday izohladi. Yuqorida takidlaganimizdek bir tur avval "Paxtakor" bilan uchrashuvdan so'ng hakamlarni yaxshilab "tuzlagan" edi. 

"Uchrashuvda ko'plab vaziyatlar yaratdik, biroq uni yakunlaydigan o'yinchi topilmadi. Birinchi bo'limda mag'lubiyatning "hid"i kelib turgandi, ikkinchi taymda esa yaxshi o'yin namoyish etdik". (s) Hamidjon Aktamov. 

Mening fikrimcha bu hali boshlanishi. Ko'p hollarda Joze Mourinyu, Yurgen Klopp, Jan Per Gasperini va rossiyalik bir guruh mutaxassislar o'z etirozlarini yashirmasdan oshkor qilishiga duch kelamiz. Bizda ham qo'zg'olon ko'tarish boshlandi!

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика