“SHtutgart” forvardi yoshi kichraytirilgani va ismi ham o'zgartirilganini tan oldi
08 iyu 2021 19:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/641282_original.jpg)
![](/upload/storage/641282_220.jpg)
“SHtutgart” forvardi yoshi kichraytirilgani va ismi ham o'zgartirilganini tan oldi
“SHtutgart” hujumchisi Silas Katompa Mvumpa yoshi kichraytirilganini tan oldi.
U aslida 1999 yil emas, 1998 tavallud topgan.
Mvumpaning sobiq agenti bir necha yil oldin futbolchining yoshini kichraytirib, uning ismini (Silas Vamangituka) ham o'zgartirgan, shuningdek, uning haqiqiy pasporti va bankdagi hisob raqamiga ham egalik qilib olgandi. Forvard o'zi va oilasining xavf ostida qolishidan qo'rqib, yoshi o'zgaritirilgani haqida aytolmagan.
“Oxirgi yillarda doimo qo'rquvda yashadim va Kongo DRdagi oilamdan ham juda xavotirda edim. Tariximni oshkor qilishim esa men uchun juda qiyin qadam bo'ldi”, deydi Mvumpa.
“SHtutgart” futbolchini qo'llab-quvvatlashini malum qildi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar