So’nggi yangiliklar

08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  100 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0

SHoxrux Gadoev: Menga qiziqish borligi haqida bilaman, lekin Yangiliklar

SHoxrux Gadoev: Menga qiziqish borligi haqida bilaman, lekin

Nasaf birinchi davrani yirik hisobdagi g'alabalar bilan yakunladi.
12-turda Qizilqumni 7:1, 13-turda esa safarda Gulistonni 0:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar. Aytish kerakki, qarshiliklar 3-o'ringa mos o'yin ko'rsatishyapti. Qolaversa, tarkibida kelajagi porloq, istedodli futbolchilarga ega. Bu borada SHoxrux Gadoevni misol qilish mumkin. U o'z klubida o'ynashdan tashqari milliy terma jamoada ham muhim bahslarda maydonga tushdi. Nasafda Gadoevning o'z o'rni bor. Asta-sekinlik bilan terma jamoada ham o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Bizga aynan mana shunday yosh qobilyapti yigitlar juda ham kerak. SHoxrux yosh bo'lishiga qaramasdan katta o'yinlarda o'zini mutlaqo yo'qotib qo'ymayapti. Muxlislar esa uni juda yaxshi ko'radidar. Ayniqsa, qarshilik ishqibozlar bu futbolchini qo'llarida ko'tarib yurishga ham tayyorlar. Bunday iqtidor sohibiga hamisha qiziqish yuqori bo'ladi. Faqat u bundan havolanib ketmasligi kerak.

SHuni alohida aytish kerakki, Nasafning erishayotgan g'alabalarida Gadoevning salmoqlik mehnati yotibdi. U o'zi ishtirok etayotgan bellashuvlarda jamoasi uchun bor imkoniyatiga ishga solyapti. Qarshiliklar birinchi davraning oxirgi ikkita turida raqiblar darvozasiga 11 ta to'p kiritdi. Qizilqum hamda Guliston jamoalari bu borada jiddiy jabr ko'rdilar. Nima bo'lsa ham, qarshiliklar birinchi davrani ajoyib g'alabalar bilan yakunladilar.   

-   Gulistonga qarshi uchrashuvda javobsiz to'rtta gol urib ishonchli g'alaba qozondinglar. CHetdan qaraganda go'yoki osonlik bilan g'alabaga erishgandek ko'rinyapsizlar...
-   Biz har safar raqiblarimizga jiddiy munosabatda bo'lamiz. Ushbu o'yinga ham jiddiy qaradik. Birinchi bo'limda mezbonlar bizga yaxshigina qarshilik ko'rsatishdi. Ammo ikkinchi bo'limda o'z o'yinimizni ko'rsatganimizdan keyin to'rtta to'p kiritdik va qaysidir manoda g'alabaga osonlik bilan erishdik deb o'ylayman.

-   Guliston yirik hisobdagi mag'lubiyatga mos o'yin ko'rsatdimi?
-   Aytib o'tganimdek, Gulistonga jiddiy munosabatda bo'ldik. Albatta, bu yaxshi jamoa. Ayniqsa, birinchi bo'limda etarlicha tashvish tug'dirishdi. Faqat tanaffusdan keyin o'zimiz xohlagan futbolni namoyish eta oldik. Ikkinchi bo'limda o'yin tempini oshirmasak bo'lmasdi. Jamoaviy o'yin ko'rsatganimiz uchun ham yirik hisobda muvaffaqiyat qozondik.
  
-   Oldingi turda ham yirik hisob qayd etilgandi. Qarshida Qizilqumni 7:1 natijasi bilan tor-mor keltirdinglar. Bu kutilmagan natija bo'lmadimi?
-   Biz o'sha uchrashuvda tezroq gol urishga harakat qilgandikyu 15-daqiqadayoq hisob 2:1 edi. 7:1 hisob qayd etilganidan keyin tabiiyki g'alabaga osonlik bilan erishdik.
  
-   Umuman olganda, Nasaf mavsumni yaxshi boshladi va birinchi davrani 3-o'rin bilan yakunladi. Vaholanki, qishki yig'in chog'ida tarkibni bir qator etakchi o'yinchilar tark etishganidan keyin ko'pchilik Nasafning imkoniyatini past baholashdi.
-   Eng asosiysi, Nasafda yaxshi jamoa shakllangan. Hamma jamoaviy o'yin ko'rsatyapti. Bu esa bizning yutug'imiz bo'lmoqda. Murabbiylarning xizmatlarini ham alohida aytgan bo'lardim. Futbolchilarda o'sish yaxshigina kuztaliyapti.
  
-   Birinchi davra mobaynida Nasaf uchun qiyin yoki esda qolarli o'yin sifatida qaysi birini aytasiz?
-   Biz Qizilqumga qarshi uchrashuvdan avval Qarshida Dinamo bilan o'ynadik. O'sha uchrashuv bilan birga o'z uyimizda Lokomotivga qarshi kechgan bellashuvni qiyin o'tdi deb aytgan bo'lardim. Biz uchun Dinamo hamisha noqulay raqib bo'lib kelgan. SHunga qaramasdan uch ochkoni qo'lga kiritdik.
  
-   Jamoangiz qayd etayotgan natijalar yaxshi. Futbolchi sifatida o'z o'yiningizdan qoniqyapsizmi?
-   Iloji boricha jamoam uchun foyda keltirishga harakat qilyapman. Barcha jamoadoshlarim ham yaxshi o'yin ko'rsatib vazifani bajarishga jiddiy bel bog'lashgan. Men ham ulardan biriman.
  
-   Siz terma jamoa safida JCH saralashining oxirgi raundida to'p surdingiz. Bu ham tajribangiz oshishiga xizmat qilish turgan gap. Lekin O'zbekistonning to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga chiqa olmagani jamoadagi o'yiningizga jiddiy tasir qilmadimi?
-   Bu savolga javob berishim qiyin. Lekin o'zimni yaxshi his qilyapman. Garchi guruhdan to'g'ridan-to'g'ri jahon chempionatiga chiqa olmagan bo'lsak-da, hali imkoniyatimizni batamom yo'qotganimiz yo'q-ku!
  
-   Aytingchi, terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqa olmasligiga nima xalaqit qildi?

-   Bizga hech nima xalaqit qilgani yo'q. Faqatgina omad etishmadi. Guruh bosqichida 14 ochkoni to'plashning o'zi bo'lmaydi. Yana biroz omad biz tomonda bo'lib turganida maqsadga erishgan bo'lardik.
  
-   Nima bo'lganda ham bu yilgi mavsum o'zingiz uchun avvalgilariga qaraganda boshqacharoq o'tyaptimi?

-   Ha, men ham shunday deb o'ylayman. Masalan, O'zebkiston terma jamoasida ham o'sish bor va bu bilinyapti. Men ham o'z ustimda ishlab mahoratimni oshirib boryapman. Ayni paytda esa tatildaman.
  
-   Sizga jiddiy klublardan qiziqish borligi haqida ko'p gapirilyapti...

-   To'g'ri, men ham bu haqida eshityapman. Ammo hammasini faqat klub hal qiladi.
 
-   Ikkinchi davradan boshka klubga o'tib ketish extimolingiz ham bormi?
-   Hozircha Nasafdaman. Ikkinchi davrani ham shu erda o'tkazaman. Yangilik bo'lsa bundan albatta xabar topasizlar.
 

SHuhratbek JO'RAEV suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика