So’nggi yangiliklar

03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0

SHoxruh Eshbo'taev: “Mashal” bilan do'stona ravishda xayrlashdim” Yangiliklar

SHoxruh Eshbo'taev: “Mashal” bilan do'stona ravishda xayrlashdim”

“Mashal” tarkibida ishonchli o'yinlari orqali muxlislar etiboriga tusha boshlagan SHoxruh Eshbo'taev o'tgan mavsum kutilmaganda oyog'idan jaroxat olib safdan chiqqandi.

Iqtidorli darvozabon shundan so'ng malum muddat jaroxatini davolash bilan mashg'ul bo'ldi. Xabaringiz bor, “Mashal” bu yilgi mavsumni PRO-Ligada o'tkazadi. Xo'sh, Eshbo'taev “gazchilar” tarkibida qolib, faoliyatini davom ettiradimi? Jaroxatdan so'ng, bugungi ahvoli qanday? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida, SHoxruh bilan suhbatlashdik. 


- SHohruh,  o'tgan mavsumda kutilmaganda olgan jaroxat tufayli malum muddat maydon tashqarisida yurdingiz. Bugungi kunda xolatingiz qay darajada?

- Avvalambor assalomu alaykum! Saytingizni orqali barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan yangi yil bilan tabriklayman! Darhaqiqat, o'tgan mavsum “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan mashg'ulotda kutilmaganda jaroxatga yo'liqib, safdan chiqqandim. SHundan keyin shifokorlar nazoratida bo'ldim. Uyda davolanish jarayonini o'tkazdim. Xudoga shukur, men uchun hammasi ortda qoldi. Bugungi kunda o'zimni juda yaxshi his qilyapman. 

- Individul mashg'ulotlarni qachondan boshlagansiz?

-Bundan bir oy avval o'zim yakka tartibda shug'ullanishni boshlab yuborganman. Tiklanish jarayonini deyarli tugatdim. 

- 2021 yilgi mavsum “Mashal” uchun omadsiz yakunlandi. Jamoa yana PRO-Ligaga ravona bo'ldi. Sizningcha jamoaga nima yoki kim etishmadi?

- Bilasiz “Mashal” o'zbek futbolida o'z o'rniga ega jamoalardan biri. Afsuski jamoa PRO-Ligaga tushib ketdi. Bu jiddiy yo'qotish deb o'ylayman. Klubni quyi ligaga tushib ketganiga kimnidir aybdor qilib ko'rsatish o'rinsiz deb hisoblayman. Yoki nimadir etishmadi deb aytishni keragi yo'q. Taqdirimizga shunday yozilgan ekan, yakunda shunday bo'ldi. 

- Adashmasam, jamoa bilan tuzgan shartnomangiz bor. SHunday ekan bu yil ham “Mashal”da qolib, faoliyatingizni davom ettirasizmi?

- To'g'ri “Mashal” bilan amalda shartnomam mavjud edi. Ammo yaqinda klub rahbariyati bilan uchrashib, do'stona ravishda shartnoma ikki tomonlama bekor qilishini iltimos qildim. CHunki menda bu yil ham Superligada o'ynash ishtiyoqi kuchli. SHu sababli jamoamni o'zgartirishga qaror qildim. SHu fursatdan foydalanib, “Mashal” jamoasi rahbariyatiga, klubning barcha ishchi xodimlariga va muxlislariga juda katta minnatdorchilik bildiraman. Katta futbolda o'z o'rnimni topishimda bu jamoaning o'rni beqiyos.   

- Keyingi rejalar qanday?

- Hozircha uydaman. Aniq takliflar bo'lgani yo'q. SHu sababli aniq bir qarorga kelmadim. Yaqin kunlarda yangi jamoam safiga borib qo'shilaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика