So’nggi yangiliklar

19:46"We will be back". Златан Ибрагимович Арнольд Шварценеггер билан тушган суратини намойиш этди  0 19:42Фабио Каннаваро: "Бу йиғин чемпионатдаги барча футболчиларга сигнал бўлиши керак"  1 18:55"Манчестер Сити" - "Вулверхэмптон". Ҳусанов ва Гэҳи "шаҳарликлар" ҳимоя марказини қўриқлайди  7 18:37Туркия. Шомуродовдан ассист, "Башакшеҳир"дан йирик ғалаба  13 18:20НАЗОРАТ ЎЙИНИ. "Бунёдкор" Болгария клуби устидан ғалаба қозонди  1 17:58U-23 Осиё чемпионати тугашига битта ўйин қолди: Бугун финал  1 17:47"The Telegraph": "Манчестер Сити" натижалари пасайишига Гвардиоланинг келажаги борасидаги мавҳумлик сабаб бўлмоқда  3 17:21Арбелоа "Реал"да Хаби Алонсо давридаги машғулотлар тизимини ўзгартирди  1 17:00Кэррик учун иккинчи имтиҳон ва Италиядаги топ ўйинлар  3 16:34РАСМАН! "Челси"нинг собиқ юлдузи Виктор Мозес энди Қозоғистон жамоасида ўйнайди  5 16:06"Арсенал" Хулиан Альварес бўйича норасмий музокаралар ўтказди: Унинг товон пули 500 миллион евро!  2 15:41"Кайсериспор" — "Башакшеҳир". Ўзбек дуэти асосий таркибда!  18 15:30Палимпсест  3 15:09ОКМК Польша грандига қарши: Ўктамовнинг голи камлик қилди  7 14:18Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё кубоги финали, “Ман Сити” ўз майдонида, “Реал” сафарда ва бошқалар  2

SHoxjahon Abbosov: “Mashal”dan minnatdorman! Yangiliklar

SHoxjahon Abbosov: “Mashal”dan minnatdorman!

“Mashal” akademiyasidan chiqqan futbolchilar bugunda yurtimizning bir qancha jamoalarida faoliyat ko'rsatmoqda, hattoki ularni Osiyoning bir qancha klublarida ham uchratish mumkin.

Ana shunday futbolchilardan biri Eronda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chepionati g'olibi SHoxjahon Abbosovdir.

Biz SHoxjahon bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

–SHohjahon keling avval futbolga qanday kirib kelganingiz haqida gaplashaylik.  Futbolni tanlashingizga nima sabab bo'lgan?


-Bolaligimdan futbolga mehrim juda baland edi.  Otam ham buni yaxshi bilardilar,  akam ham futbol o'ynaganlar keyinchalik esa meni otam Muborak shahridagi “Mashal” PFK  futbol akademiyasiga olib keldilar bu erda futbolning barcha sir asrorlarini urgandim.  Muborakda futbol o'ynash uchun hamma qulayliklar bor,  bir so'z bilan aytganda Muborak meni ikkinchi uyimga aylandi.

-“Mashal” jamoasinig bu yilgi oliy ligadagi natijlariga nima deya olasiz?


-“Mashal” jamoasi 1-davrada ajoyib ishtirok etdi.  Ayniqsa so'ngi uch turda ketma-ket qozonilgan g'alabalar Muboraklik muhlislarni ancha xursand qildi.  Safarda ” Buxoro”, o'z maydonimizda “Qo'qon” va “Nasaf” jamoalari mag'lub etildi.  Menimcha “Mashal” 2-davrada yanada mazmunli ishtirok etadi bu borada “Gazchilarga” omad tilayman.

-Muxlislar, umuman ko'pchilik sizni “Navbahor” jamoasiga qanday kelganingiz haqida qiziqishadi?


-Meni yil boshidan “Navbahor”ga ijaraga berishdi,  aslida esa hozir ham huquqiy jihatdan “Mashal”ga tegishliman.

– SHoxjahon siz o'smirlar terma jamoamiz safida,  Eronda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati g'olibi bo'lgansiz,  bu turnir sizda nimasi bilan esda qoldi?


-Avvalo bu turnirda biz chempion bo'ldik.  Finalda Yaponiya o'smirlarini mag'lub etishni uddasidan chiqqandik.  Hozircha o'smirlar terma jamoalrimiz ichida biz harakat qilgan jamoa natijasi eng yuqorisi bo'lib turibdi.

– SHoxjahon Abbosovning futbolda erishgan yutuqlariga kimning hissasi yuqori?


-Albatta otamni va undan keyin ustozlarimni.  Otamdan va ustozlarimdan  birdek minnatdorman.  Meni shu darajaga olib chiqqan “Mashal” PFK rahbariyatiga ham rahmat aytaman.  Bu jamoa akademiyasida etishdim, tanildim.  Terma jamoalarimiz safida maydonga tushdim,  yuqorida takidlaganimdek qita chempioni bo'ldim.  Bir so'z bilan aysam, “Mashal”dan qarzdorman,  vaqti kelib “Mashal” safida albatta o'ynayman degan, niyatdaman.  O'ylaymanki, bunga erishaman.

-Agar oliy liga jamoalaridan taklif bo'lganda qay birini tanlardingiz?

-“Nasaf” yoki “Lokomotiv”ni,  men uchun bu ikki jamoa safida o'ynash ancha qiziqarliroq.

-Mamlakatimizda hozirda eng kuchli hujumchilar deb,  kimlarni ayta olasiz?


-Ayni vaqtda yurtimizda eng kuchlisi,  Igor Sergeev va Eldor SHomurodov bu ikkala futbolchi oliy ligada va terma jamo safida muntazam gol kiritmoqda.

-Suhbatimiz so'ngida muxlislaringizga va voha.uz sayti ijodkorlariga  tilaklaringiz?

-Meni hurmat qilgan barcha muxlislarga boshim erga tekkuncha tazimdaman.  Muboraklik muxlislarga va “Mashal” kulubdagi meni bilgan barcha muxlislarimga Ollohdan sog'lik omonlik, xonadonlariga fayzu barokatlar tilayman.  Voha.uz sayti ijodkorlariga alohida minnatdorchilik bildiraman chunki, shaxsan o'zim bu saytni muxlisiman,  hech qachon ijoddan to'xtamanglar deb, qolaman!

Dilshod Safarov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика