So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

SHoxjahon Abbosov: "Joriy mavsumda PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan, raqobat juda qizg'in bo'lmoqda" Yangiliklar

SHoxjahon Abbosov: "Joriy mavsumda PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan, raqobat juda qizg'in bo'lmoqda"

Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda PRO-Liga o'yinlari vaqtincha to'xtatilgan.

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib saytimiz muxbirlari PRO-Liga klublari futbolchilari bilan bog'lanib, ularning fikrlarini muxlislarga taqdim etmoqdalar. Quyida "Zomin" klubi etakchi futbolchilaridan biri SHoxjahon Abbosovning fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

"Joriy mavsumda PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan, raqobat juda qizg'in bo'lmoqda. "Zomin" tarkibida kuchli futbolchilar jam bo'lgan. Jamoamiz bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov va murabbiylar shtabi bizni har bir o'yinga jiddiy hozirlamoqdalar.

PRO-Liga o'yinlarini markazlashtirilgan xolda tashkil etilishi bu futbolchilar orasida virus yuqish xavfini kamaytiradi. O'yinlar orasidagi tanaffus ko'p bo'lmaydi, chempionatning qolgan qismini o'tkazib olishga imkon yaratiladi.

O'tgan mavsumda V PRO-Ligada o'ynagandik, bu yildan PRO-Ligada ishtirok etayapmiz. Bilasizmi, PRO-Ligada 3 ta tur o'tkazdik va o'yinlarning o'tgan yilgidan farqi katta ekanligini ko'rmoqdamiz. Har bir o'yinga astoydil tayyorgarlik ko'rib, mavsum yakunida o'z oldimizdagi vazifalarni uddalaymiz degan umiddaman" - deydi Abbosov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика