SHou - ketma-ket ikkinchi oy MYUning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi
30 mar 2021 11:00
Yangiliklar
SHou - ketma-ket ikkinchi oy MYUning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi
"Manchester Yunayted" muxlislari Lyuk SHouni jamoaning martdagi eng yaxshi o'yinchisi deb topishdi.
25 yoshli angliyalik futbolchi ushbu mukofotni ketma-ket ikkinchi oy qo'lga kiritdi. SHou ovoz berishda darvozabon Din Xenderson va himoyachi Viktor Lindelyofni ortda qoldirdi.
SHou APL 27-tur doirasidagi "Manchester Siti" (2:0)ga qarshi o'yinda gol urishga erishgan edi.
Futbolchi joriy mavsum Angliya chempionati doirasidagi 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar