SHou Angliya termasi va "Manchester Yunayted"ni solishtirdi
27 mar 2022 18:00
Yangiliklar
SHou Angliya termasi va "Manchester Yunayted"ni solishtirdi
"Manchester Yunayted" hamda Angliya termasi chap qanot himoyachisi Lyuk SHou milliy jamoa hamda klubidagi faoliyati haqida gapirdi.
"Doimo o'zingizni muhim his qilishingiz kerak. Angliya termasida o'zimni shunday sezaman. Bu bilan "Manchester Yunayted"da unday emas demoqchimasman. SHunchaki bu erda o'yindan zavq olyapman.
Albatta, mag'lub bo'lgan paytingiz kayfiyat yaxshi bo'lmaydi. Hozir klubda unchalik yaxshi o'yin ko'rsata olmayapmiz. Buni tan olish kerak.
Ushbu mavsum og'ir o'tayotgani uchun deyarli hech narsadan mamnun bo'layotganim yo'q", - dedi SHou.
Fikrlar