SHotlandiya termasi futbolchilari irqchilikka qarshi akciyaga qo'shilmaydi
11 iyu 2021 00:15
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/641654_original.jpg)
![](/upload/storage/641654_220.jpg)
SHotlandiya termasi futbolchilari irqchilikka qarshi akciyaga qo'shilmaydi
SHotlandiya FF matbuot xizmati terma futbolchilari o'yindan oldingi irqchilikka qarshi akciyada ishtirok etmasligini malum qildi.
Ushbu turnirda ham futbolchilar o'yin startini beruvchi hushtakdan oldin tizzada o'tirishlari kerak bo'ladi. Ammo bunda shotlandiyaliklar qatnashmaydi. Xabarlarga ko'ra, mamlakat fuqarolari ushbu akciyadan hech qanday mano yo'q deb hisoblashgan va ularning xohishiga ko'ra ushbu qarorga kelingan.
SHotlandiya termasi mart oyidagi o'rtoqlik o'yinlarida ham ushbu akciyaga qo'shilmagandi. SHuningdek, termaning guruhdoshlaridan xorvatlar ham ushbu akciyaga qo'shilmasligini malum qilgan. Bu xorvatlar odob-ahloqiga to'g'ri kelmaydi.
CHexlar esa shunchaki turgan holda ushbu akciyani qo'llab-quvvatlaydi. Guruhdan faqatgina Angliya termasi tizzada o'tirgan holda akciyada ishtirokini davom ettiradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar