SHota Arveladze: "Qiyin mavsumda kichik tarix yarata oldik"
03 dek 2020 16:35
Yangiliklar


SHota Arveladze: "Qiyin mavsumda kichik tarix yarata oldik"
Superliga 26-turdan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi navbatda jamoa rahbariyatiga, barcha xodimlarga rahmat aytmoqchiman. Qiyin mavsumda kichik tarix yarata oldik. CHempionlik bilan hammani tabriklayman. O'ylaymanki, chempionatni chiroyli va haqli g'alaba bilan yakunladik. Endi bor etiborimizni kubok bahslariga qaratamiz", - SHota Arveladze.
"Kubok bahslari 20 kun davom etishini hisobga olsak, blic-turnir deb atagan bo'lardim va unga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz.
Kozak va Hamrobekovning holati? Kozak koronavirusdan tuzalib, mashg'ulotlarni boshlab yuborgan. Hamrobekovning holati esa biz xohlagandek emas, lekin tez orada safga qaytishiga umid qilamiz".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar