So’nggi yangiliklar

14:14ЖЧ-2026 финалига энг қиммат чипталар 6730, энг арзони эса 2030 доллар туради. Гуруҳ босқичи учун нархлар ҳам маълум  1 13:45"Рома" ҳужумчисига янги шартнома тайёрламоқда  0 13:17"Манчестер Юнайтед" Роналдунинг "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнамоқчи  0 12:49"Барселона" "Челси"нинг Фермин Лопесга бўлган қизиқишига изоҳ берди  2 12:25U-23 Осиё кубоги финал босқичига қуръа ташланди. Ўзбекистон Корея Республикаси ва Эрон билан бир гуруҳда  22 12:15Бир қанча футбол федерациялари исроилликларни четлаштиришни талаб қилмоқда  5 11:41Расман: Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни қайси термага қарши ўйнаши маълум  6 10:38Ханс-Дитер Флик ПСЖдан учралган мағлубиятга изоҳ берди  34 10:05Гвардиола "Монако"га қарши учрашувдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  2 09:37"Реал"чилар қайтишди. Бразилия терма жамоасининг октябрь ойидаги ўйинлари учун таркиби эълон қилинди  1 09:10Sofascore. Ашурматов "Истиқлол"да дебют баҳсидаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 08:44EЧЛ. Ҳафта футболчисига кимлар номзод?  18 08:21Sofascore. "Андижон" футболчилари кечаги учрашувдаги ҳаракатлари қандай баҳоланди?  3 07:53Винисиус Жуниор дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчисига айланиши мумкин  4 07:15ОЧЛ-2. "Андижон" – "Ал Аҳли" 0:0   1

SHota Arveladze: "Masharipov biz uchun ham, o'zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Masharipov biz uchun ham, o'zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti"

Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - AGMK (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi SHota Arveladze o'z fikrlarini bildirdi.




"CHempionatning ikki etakchi jamoasi o'yin olib borishdi, qiyin o'yin bo'ldi va shunday bo'lishi ham kutilgandi. Vaziyatlarni yodga oladigan bo'lsak, bizda yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Masalan, birinchi bo'limda 0:0 bo'lib turganida, keyin o'tkazib yuborilgan goldan keyin...

Jamoada energiya ko'rinmadi, bu albatta, xavotirli. Birinchi bo'limda 4-5 ta xavfli vaziyatlar bo'ldi, faqat gol urish kerak edi, xolos. Raqib qarshi hujumda yaxshi o'ynadi. Umuman olganda, ochkoga ega bo'lganimizdan qoniqish hosil qildim. O'yinimizdan esa aksincha", - deydi Arveladze.

"Ha, "Paxtakor"da ko'p vaziyatlar bo'ldi, lekin buni omad etishmagani bilan bog'lamagan bo'lardim. AGMK himoyachilari yaxshi o'ynashdi, darvozabon ham juda yaxshi o'ynadi va ko'p vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi. Bugun ikki ochko yo'qotish bilan birga bir ochkoga ega bo'lganimizni ham unutmaslik lozim”.



"Paxtakor"ni sentyabrda CHempionlar Ligasi kutib turibdi...
Hali buni o'ylashga erta, ayniqsa, hozirgi davrda. Iyul, avgust, sentyabr... Menimcha, avvalo, keyingi o'yinga etibor qaratishimiz kerak. Futbolda eng muhimi - keyingi o'yin.

Igor Sergeev haqida
Igorning o'yini menga yoqyapti, u hech kimga yoqmagan paytida unga imkoniyat taqdim etdim, balki keyingi o'yinda asosiy tarkibda tushishi mumkin, ko'ramiz.

Jaloliddin Masharipov haqida
Yulduz bo'lish qiyin. Sen bir kun yomon o'ynasang, hamma eslab qoladi. To'g'ri, bugun u yaxshi o'ynolmadi. Biz unga tushuntiramiz va uning o'zi ham buni to'g'ri tushunadi, lekin u ancha harakat qildi. Masharipov biz uchun ham, o'zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti. Biz o'tgan yilgi gollarimizning yarmini uning uzatmalaridan keyin urganmiz.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика