SHota Arveladze: "Mag'lubiyatni ham tan ola bilish kerak"
20 okt 2018 21:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459005_original.jpg)
![](/upload/storage/459005_220.jpg)
SHota Arveladze: "Mag'lubiyatni ham tan ola bilish kerak"
"Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze "Lokomotiv"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- "Qiyin o'yin bo'ldi. Natija biz uchun alamli bo'ldi. Birinchi bo'limni juda bo'sh boshladik. Uchrashuvdagi tashabbusni raqibga topshirib qo'ydik. Ikkinchi taymda esa yaxshiroq o'ynashimiz mumkinligini ko'rsatdik. Jamoada xarakter bor. Ammo buni juda kech ko'rsatdik. Superligadagi eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi saf tortdik. Mag'lubiyatni ham tan ola bilish lozim. Bugungi g'alaba bilan raqibni tabriklayman. O'yinda hammasini o'zgartirib yuborish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgandi. Ammo bundan foydalana olmadik. Ikkinchi gol o'yindagi burilishni butkul o'zgartirib yubordi. Tavakkalga ham qo'l urdik, zaxiradan foydalandik. Ammo ikkinchi goldan keyin vaziyatni o'z tomonimizga burish qiyin bo'ldi", - dedi SHota Arveladze.
O’xshash yangiliklar
12:04
SHota Arveladze "Fatih Karagumruk"da ish boshladi. Biroq klub uni rasman tanishtirgani yo'q 27
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar